The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Kongressi a’zolariga taqdim etilgan hisob-kitoblar faqat ayrim asosiy harbiy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli kampaniyaning birinchi haftasi uchun yakuniy xarajatlar bundan ham sezilarli darajada ko‘proq bo‘lishi mumkin.
“Bunga ayrim qo‘shimcha xarajatlar, xususan, logistika ta’minoti, qo‘shinlarni joylashtirish va boshqa harbiy operatsion sarf-xarajatlarning barchasi to‘liq kiritilmagan”, – deya qayd etadi The New York Times.
AQSh ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Pentagon rasmiylari avvalroq Kongressga urushning dastlabki ikki kunidayoq taxminan 5,6 milliard AQSh dollarlik o‘q-dorilar sarflangani haqida ma’lumot bergan. Bu raqam avval jamoatchilikka taqdim etilgan taxminiy hisob-kitoblardan ancha yuqori ekani ta’kidlanmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, harbiy amaliyotda yuqori aniqlikdagi raketalar, qanotli raketalar va boshqa zamonaviy qurollardan faol foydalanilayotgani xarajatlarning keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!