“Chelsi” moliyaviy yilni 173,5 million yevro zarar bilan yakunladi.
BBC xabariga koʻra, translyatsiya daromadlari ortishi evaziga klubning aylanmasi 462 million yevrodan 496,6 millionga koʻtarilgan.
Moliyaviy yoʻqotishga koronavirus sabab muxlislarsiz oʻyin oʻtkazish va futbolchilarni sotishdan tushgan daromadning kamaygani sabab boʻlgan.
Qayd etilishicha, “Chelsi” moliyaviy yordamni klub egasi Roman Abramovichga tegishli Fordstam Limited kompaniyasidan oladi.
Maʼlumot oʻrnida, Premyer-liganing yigirmanchi turidan soʻng, 42 ochko bilan 2-oʻrinda bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!