$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Arzon un mahsulotidan ishlab chiqarilgan qolipli non chorva mollarini boqishga ishlatilgan

19:31 / 30.05.2022

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Prezidentining “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga sharh tayyorladi.

Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan qolipli non va un narxlari erkinlashtirilgan edi. 2019-yilning 15-oktyabridan 2020-yilning 16-apreliga qadar birja savdolarida 846,3 ming tonna un o‘rtacha 2,4 mln so‘mdan sotildi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida ichki bozorda oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlash, barcha iste’molchilarga un mahsulotini tizimli va kafolatli yetkazib berish maqsadida 2020-yil 16-apreldan, un mahsulotini birja savdolarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berish bo‘yicha vaqtinchalik tartib o‘rnatilgan.

Ushbu tartib bugungi kungacha amalda bo‘ldi va bu vaqtinchalik chora o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi.

Quyidagi holatlar mazkur tartibni saqlab qolishning maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatmoqda:

  • ichki bozorni arzon un va non bilan ta’minlash maqsadida bug‘doy xarid narxlarini davlat tomonidan belgilash bozor tamoyillariga mos emas va bu bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarning bug‘doy yetishtirishdan zarar ko‘rishlariga olib keldi;
  • davlat resurslariga olingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan un ichki bozorni to‘liq ta’minlab bermasligi sababli import un va mahalliy un narxlari o‘rtasidagi katta farq mahalliy unni yetkazib berish zanjirida korrupsiogen muhit shakllanishiga sabab bo‘ldi; 
  • arzon un mahsulotidan ishlab chiqarilgan qolipli nonni chorva mollarini boqishga ishlatish holatlari mavjud;
  • eng muhimi davlat resurslariga olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un mahsuloti arzon narxlarda aholiga to‘liq yetib bormayapti va bu aholining haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Prezidenti 2022-yil 11-may kuni g‘allachilik sohasidagi islohotlarning muhim bosqichiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda, hosildorlikni yuqori darajaga olib chiqish va shu orqali bozorda sotiladigan don hajmini ko‘paytirish hamda narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bozor narxlariga o‘tish kerakligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Yuqorida ko‘rsatilgan salbiy holatlarining oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda respublikada don yetishtirish hajmlarini sezilarli darajada oshirish maqsadida mazkur qaror qabul qilindi.

Qarorni qabul qilishning asosiy maqsadi birinchi navbatda g‘alla yetishtiruvchilarning, shu jumladan, fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish va shu asosda g‘alla hosildorligi va yalpi hosil yetishtirish hajmlarini keskin oshirishga zamin yaratishdir.

Bu o‘z navbatida ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga zamin yaratadi hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.

Bundan tashqari un ishlab chiqarishga mos kelmagan 4 va 5-sinf bug‘doy birja savdolarida hech qanday cheklovlarsiz barcha iste’molchilarga sotiladi.
Shuningdek qarorda, Jamg‘arma tomonidan “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tizimi korxonalarining birja savdolaridan don xarid qilish xarajatlarini qoplashga 800 mlrd so‘mgacha kredit resurslarini tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida joylashtirish topshirilgan.

Qarorda belgilangan choralar don va un mahsulotlarini to‘liq bozor narxlarida sotish va sotib olishni yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.

Kimlar bundan manfaatdor bo‘ladi?

Respublika bo‘yicha 40 mingga yaqin xo‘jalik g‘alla yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Har bir fermer xo‘jaligida o‘rtacha 10 ta ishchi mehnat qilsa, fermerlarning oilasi bilan qo‘shib hisoblaganda 440 mingga yaqin oilaning yoki har oilada o‘rtacha 5 kishidan hisoblaganda 2,2 mln aholining moddiy manfaatdorligi oshadi.

Un ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar bug‘doyni birjada sotib oladi va ishlab chiqarilgan un mahsulotini birjada sotadi. Ishlab chiqaruvchilar soni yetarli darajada ko‘pligi sababli ushbu sohada raqobat muhiti shakllangan bu o‘z navbatida korxonalarni xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish ustida ishlashga majbur etadi. Korxona raqobatbardosh bo‘lsa uning daromadi oshadi. Barchamiz iste’molchi sifatida bozordan sifatli mahsulot sotib olish imkoniga ega bo‘lamiz.

Bug‘doy va un mahsuloti birja orqali sotilishi, ushbu mahsulotlarning harakatlanishi va soliq tushumlarining shaffofligini ta’minlaydi. Shuningdek, davlat iqtisodiyotga aralashuv yukidan xalos bo‘ladi.

Don va un mahsulotlari birjada sotilishi natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlarini qoplashga yordam beradi.


Bu ham qiziq

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!