Joriy yil 5-may kuni imzolangan tegishli Qonun bilan Soliq kodeksiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2022-yil 30-aprelgacha edi.
Shuningdek, go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.
Tovuq go‘shti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz 2022-yil 30-aprelgacha etib o‘zgartirishsiz qoldirildi.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvargacha Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar:
– foyda, aylanmadan olinadigan, ijtimoiy va daromad solig‘ini 1 foizda to‘laydi;
– yuridik shaxslarning mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlari 1 foizda to‘laydi.
Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlar esa 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!