Toshkent shahrining bir necha hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi. Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 22 - noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Mirzo Ulug‘bek tumani: “Geologlar”, “Geofizika”, “Ijodkor”, “Zakovat”, “Alisherobod”, “Iqtidor” hamda “Jasorat” MFYlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti soat 08:00 dan 17:00 gacha.
“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz” – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!