Birlashgan Arab Amirliklarida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblangan o‘zbekistonlik ayol hibsga olinib, mamlakatdan deportatsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayol sotish va ekspluatatsiya qilish maqsadida, yaxshi maoshli ish va’da qilib, qizlarni BAAga olib borgan va u yerda pasportlarini olib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.
Ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasini tark etgani uchun, unga nisbatan sudlanuvchi sifatida sirtdan qaror chiqarildi. U 2013-yildan beri Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo’lgan.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar Interpol MXB va Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlarining muzokaralari va birgalikdagi tezkor harakatlari natijasida qidiruvdagi ayol BAA huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!