$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Ba’zi dorixonalarda “Quramax” dorilari sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

10:09 / 04.02.2023

Joriy yilning 26-27-yanvar kunlari “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan dorixonalarda taqiqlangan dori vositalarining sotilishini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazildi. “Sirli mijoz” ko‘rinishidagi monitoring O‘zbekiston bo‘ylab 308 ta dorixonani qamrab olgan.

Shu kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dori ishlab chiqaruvchilarni xomashyo va tayyorlash jarayoni sifatini nazorat qilishni kuchaytirish, hukumatlarni bozorlarda sifatsiz va qalbaki dori vositalari ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.

Natijada hududlarda dorixona xodimlari taqiqlangan dori vositalari sotilmasligi haqida xabardor qilingani ma’lum bo‘ldi. Iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish jamiyatlari federasiyasi, patronaj xizmatlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda, sotuvdan chiqarilgan dori vositalari ro‘yxati tarqatilmoqda. Aksariyat dorixonalarda taqiqlangan dori vositalari sotuvdan olib qo‘yilgan, biroq omborlarda hamon saqlanayotgani aniqlandi.

Monitoringda ma’lum bo‘ldiki, ayrim dorixonalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sotuvi to‘xtatilgan dori vositalari erkin sotuvda mavjud. Xususan, Qashqadaryo viloyati va Surxondaryo viloyatining ayrim dorixonalarida Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Nolgripp Junior” yo‘talga qarshi siropi, “Travamaks”, “Nolgripp” va “Sinepar” tabletkalari va pastillarini hali ham xarid qilish mumkin. Aholi ushbu dori-darmonlarni yuz bergan fojiali holatlar, sog‘liq va hayot uchun ehtimoliy xavflarga qaramay, avvalgidek sotib olayotgani aniqlandi.

Murojaatda qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt oy davomida 7 ta davlat, shu jumladan O‘zbekiston dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG)ning yuqori konsentrasiyalari bilan ifloslangani tasdiqlangan yoki shubha qilingan bolalar uchun reseptsiz beriladigan yo‘talga qarshi siroplardan foydalanishning bir necha holatlari haqida xabar bergan. Bular sanoat erituvchilar va antifrizlar sifatida ishlatiladigan zaharli kimyoviy moddalardir. Ular oz miqdorda ham o‘limga olib kelishi mumkin va dori-darmonlar tarkibida bo‘lmasligi kerak.

O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” siropini ichish natijasida bolalar o‘limi kuzatilgan so‘ng aybdorlarni aniqlash, ularni javobgarlikka tortish va bunday holatlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, “Quramax Medisal” kompaniyasining O‘zbekistonda farmasevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan lisenziyasi sud tartibida bekor qilindi, yaroqsiz dori vositalarini muomaladan chiqarib tashlash va ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi talab qanoatlantirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi salomatligini muhofaza qilish va boshqa dori vositalarini qo‘shimcha tekshirish maqsadida 2022 yilda “Quramax Medical” tomonidan olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvini to‘xtatdi. Bular 36 turdagi dorilar bo‘lib, ular ichiga “Dok-1 Maks”, “Nolgripp” siroplari, “Travamaks” tabletkalari va eritma uchun granulalari kiradi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!