$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Betonlangan daraxtlar qoplamalardan tozalandi

18:04 / 11.01.2024

Ijtimoiy tarmoqlarda suvni tejash maqsadida betonlanishi buyurilgan ariqlar joylardagi suv xo‘jaligi mas’ullari tomonidan daraxtlar bilan birga betonlab yuborilayotganligi haqidagi xabarlar chop etildi.

Ekologiya vazirligi bunday holatlar ro‘y bergan taqdirda, ularga sabab bo‘lgan pudratchilarga ham, mas’ullarga nisbatan ham amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi.

Ta’kidlash lozimki, ayni damda mas’ullar tomonidan daraxtlarning betonlanishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Jizzax viloyatining Forish tumani, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani, Navoiy va Namangan viloyatlarida xam daraxtlar betonlardan tozalandi.

Sirdaryo viloyatida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida Guliston tumani “Ishonch” SIU hududida ariqlarni betonlashtirish uchun daraxtlarni kesish yuzasidan murojaat qilingan. Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi esa daraxtlarni kesishga ruxsat bermagan. Bugungi kunda ushbu manzarali daraxtlar o‘sishdan to‘xtamagan va ularga hech qanday shikast yetkazilmagan. Ammo boshqa bir hududda daraxtlar ruxsatsiz kesilgan. Ya’ni Guliston shahri va Mirzaobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanal va ariqlarni betonlashtirish jarayonida 20 tupdan ortiq daraxt ildizi bilan qo‘porib tashlangan. Natijada tabiatga 232 million 560 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan. Hozirda holat bo‘yicha tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qolgan hududlarda ham o‘rganish ishlari davom ettirilib, daraxtlar beton qoplamalardan tozalanmoqda.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025
Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025
Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Hozirda, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
11:00 / 03.08.2025
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025
Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!