Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning isteʼfoga chiqishini Britaniyaning takabburligi va oʻrtamiyona siyosati natijasi deb atadi. Bu haqda Medvedev oʻz Telegram sahifasida yozib qoldirdi.
Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Jonsonning isteʼfoga chiqishi haqidagi xabarni sharhlar ekan shunday dedi:
"Bittasi ketdi... Britaniya takabburligi va oʻrtamiyona siyosatining mantiqiy natijasi. Ayniqsa, xalqaro siyosatda. Germaniya, Polsha va Boltiqboʻyi davlatlarida ham yangiliklar kutamiz”.
Maʼlum qilinishicha, Jonson isteʼfoga chiqishga rozi boʻlgan. Biroq, u kuzgacha hukmron partiyaning yangi rahbari saylangunga qadar oʻz lavozimida qoladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!