$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Biz faqat o‘z kuchimizga ishonamiz – Shavkat Mirziyoyev

18:00 / 14.01.2022

Shavkat Mirziyoyevning 13-yanvardagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

14-yanvar kuni Prezident Administratsiyasida ushbu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Davlat rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni barcha harbiy xizmatchilarni va soha faxriylarini mazkur shonli sana bilan tabrikladi.

– Mustaqilligimizning 30 yilida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topib, fidoyi askarlar, ofitser va generallar yetishtirib, zarur aslahalar bilan ta’minlanib, bugun mana shunday yetuk armiyaga aylandi. Bu jonajon Vatanimizdagi tinchlik, barqarorlik, xalqimizning osoyishta yashashiga zamin bo‘layapti, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

So‘nggi yillarda mudofaa tizimining jangovar salohiyatini oshirish bo‘yicha juda katta ishlar qilindi. Harbiy boshqaruv tizimi deyarli yangidan barpo etildi. Harbiy-ma’muriy sektorlar tuzildi. Qo‘shin turlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar yo‘lga qo‘yildi. Eng murakkab vazifalarni ham tezkorlik bilan bajarishga qodir bo‘lgan bo‘linmalar tashkil etildi. Qo‘shinlarning jangovar va ruhiy tayyorgarlik darajasi oshdi.

Qurolli Kuchlar Akademiyasi, yangi tashkil etilgan Harbiy-tibbiyot akademiyasi, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari va boshqa ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlari professional kadrlar tayyorlash maskanlariga aylanib bormoqda. Yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatga qiziqish va intilish kuchaymoqda.

Har yili Vatan himoyachilari kuni arafasida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi o‘tkazilib, sohada bajarilgan ishlar va navbatdagi muhim vazifalar muhokama qilib borilmoqda.

– Kechagi yig‘ilishda biz munosib kuch-qudratimizni bundan ham mustahkamlash, har bir yo‘nalishda ilmni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha katta rejalar qabul qildik. Dunyoda va mintaqamizda bo‘layotgan tahlikali voqealarni chuqur tahlil qilib, xalqimizning tinchligi, chegaralarimiz daxlsizligi bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘ramiz. Biz faqat o‘z kuchimizga ishonamiz, – degan Oliy Bosh Qo‘mondon.


Vatan himoyachilari bilim va fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.

– Harbiy okruglarga, harbiy-ma’muriy sektorlarga men qo‘ygan eng katta vazifa – xalq bilan armiya birligini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash haqida bo‘ldi. Bunda sizlar yetakchi, har bir harakatingiz bilan yoshlarga namuna bo‘lasiz, deb ishonaman, – dedi davlat rahbari.

Inson qadrini ulug‘lash tamoyili bu sohada ham namoyon. Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat va yashash sharoitlari yaratilmoqda. Xususan, so‘nggi besh yilda 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi imtiyozli kreditlar asosida uy-joy bilan ta’minlandi. Ular xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin ish va tibbiy xizmatlar ta’minlanishi ham e’tiborda.

Bugun bayram munosabati bilan joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlar, vatanparvarlarga topshirilayotgan mukofotlar ham inson qadrini ulug‘lashning yana bir namunasi.
Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev unvon to‘g‘risidagi guvohnomalarni, orden va medallarni tantanali ravishda topshirgan. Vatan himoyachilariga sihat-salomatlik, zimmasidagi oliyjanob vazifalarni samarali ado etishda ulkan zafarlar tiladi.

– Afsuski, hamma mukofotlanganlarni bu zalga yig‘ishning iloji yo‘q. Lekin barcha mukofotlanganlarni, bugun kelolmaganlarni ham davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan chin dildan tabriklayman. Mukofot bu – e’tibor, xalqimizning ishonchi timsoli. Bu sizlarga ruh, kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, yangi-yangi muvaffaqiyatlarga undashi kerak. Mard posbonlari bor xalqning ertangi kunga ishonchi mustahkam, g‘urur-iftixori baland bo‘ladi, – degan Prezident.

Ta’kidlanishicha, so‘zga chiqqanlar yuksak mukofot va doimiy e’tibor uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan.


Bu ham qiziq

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari…
09:16 / 28.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025
29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi bunga rasmiy munosabat bildirdi.
09:53 / 28.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
Uy-joy savdosini naqd pulda olib borish cheklanadi

Uy-joy savdosini naqd pulda olib borish cheklanadi

O‘zbekistonda uy-joylarning savdosini naqd pulda amalga oshirish cheklanadi. Bu haqda joriy yilning 26-iyun kuni Oliy Majlis…
11:37 / 30.06.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!