$
12066.22 UZS
62.2
₽
149.74 UZS
0.94
€
13444.18 UZS
82.51
31° Kechasi 18°

Dasturlashni mustaqil o‘rganishni istaysizmi?

11:48 / 09.05.2022

Bugun siz onlayn dasturlashni bepul o‘rganishingiz mumkin. Dasturlashni o‘rganish juda ko‘p pul talab qilinadigan va hamma ham bunga qodir bo‘lmaydigan vaqtlar o‘tdi. Endi dasturlash va kompyuter fanlarini o‘rganish uchun hamma uchun ochiq saytlar mavjud. Ular orasida pullik va bepul dasturlash kurslari mavjud.

Dasturlashni o‘rganish qanday imkoniyatlar beradi?

· Siz saytlarni yaxshiroq boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
· O‘z loyihalaringiz uchun alohida dasturchi kerak bo‘lmaydi;
· Ilovalar, veb-saytlar va boshqa loyihalarni o‘zingiz yaratishingiz mumkin bo‘ladi.

Kodlashni o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan saytlar:

1. “BitDegree” dasturlashdan tortib o‘yinlarni ishlab chiqishgacha bo‘lgan bir nechta bepul kurslarni taklif qiladi. Kurslarni o‘rganishni boshlash uchun sizdan o‘zingizga qulay bo‘lgan tilni tanlash va darslarni boshlash talab etiladi xolos.
Ushbu platformada siz:

• HTML;
• CSS;
• PHP;
• Javascript;
• SQL;
• JQuery’larni o‘rganasiz.

“BitDegree” o‘ziga xos jihatlaridan biri bu siz o‘rganish jarayonida erishgan muvaffaqiyatlringiz evaziga taqdirlanasiz.

2. “Coursera” yetakchi universitetlar o‘qituvchilaridan kodlash kurslari, o‘quv qo‘llanmalari va resurslarini taqdim etadi.  Ushbu kurslarni yaratish uchun ular oliy ta’lim muassasalarining eng yaxshi o‘qituvchilari bilan hamkorlik qildilar. Bu shuni anglatadiki, siz eng yaxshi resurslardan foydalangan holda onlayn dasturlashni o‘rganishingiz mumkin. Saytdagi har bir kurs mutlaqo bepul, lekin agar siz sertifikat olishni istasangiz, buning uchun pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

Kurslar ro‘yxati:

• Python;
• Java;
• HTML va CSS;
• IoT dasturlash;
• C;
• Dasturlashga kirish.

3. “Code Academy” – odamlar bepul kodlashni o‘rganadigan eng mashhur saytlardan biri. 24 milliondan ortiq odam ushbu platformadan foydalanib dasturlashga ilk qadamlarini tashlagan. Jamoa dasturlashdan tortib, ilg‘or tillargacha bo‘lgan kurslarni taklif qiladi. Ta’limga interaktiv yondashuv olingan bilimlarni darhol qo‘llash imkonini beradi. 
“Code Academy”da o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi tillar:

• HTML;
• JavaScript;
• CSS;
• jQuery;
• PHP;
• Python;
• Ruby.

Boshqa yo‘nalishlar ham bor, lekin yuqoridagi tillar ro‘yxati asosiy hisoblanadi.

4.  edX – oliy ta’lim uchun keng ko‘lamli ochiq manba platformasi. Tarmoqda hozirda 5 milliondan ortiq talaba bor.

Sayt dasturlash bilan cheklanmasdan, bir nechta turli toifalarga bo‘lingan. Agarda siz faqatgina kodlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz «Informatika» bo‘limini tanlang.

Bu yerda siz tillar bo‘yicha o‘quv materiallari va boshqa kerakli ko‘nikmalarni topasiz, masalan:

• HTML va CSS;
• Java;
• jQuery;
• C++;
• C#;
• Python;
• SQL;
• Mobil ilovalarni ishlab chiqish.

Kurslarning aksariyati pullik, ammo dasturlash asoslarini o‘rganish uchun yetarlicha bepul o‘quv materiallari ham mavjud.

5. “Khan Academy” – keng qamrovli onlayn ta’lim platformasi. Bu dasturlash bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni boyitish uchun ajoyib joy. Siz kompyuter dasturlash asoslarini va murakkab ilovalarni ishlab chiqishni o‘rgatuvchi kurslar va qo‘llanmalarni aynan shu saytdan topasiz.

Barcha kurslar mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Biroq, talabalar butun jarayon davomida o‘rganganlarini baham ko‘rishlari tavsiya etiladi. 

Khan Academy bilan siz quyidagi texnologiyalar va dasturlash tillarini o‘rganishingiz mumkin:

• HTML;
• CSS;
• Javascript;
• Ma’lumotlar bazasi.

Umuman dasturlash asosini tashkil etuvchi falsafa va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan asosiy kurslar ham mavjud.

Yuqoridagi platformalar bugungi kunning eng talabgir sohalaridan bo‘lmish dasturlashga sizni olib kira oldi degan umiddamiz. Ushbu ro‘yxatni davom ettirishimizni xohlaysizmi?


Ilm-fan


														
														Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

														
														Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026

														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026
“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 milliard söm kompensatsiya tölan…
14:10 / 28.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!