$
11809.19 UZS
18.4
₽
138.15 UZS
0.37
€
13206.22 UZS
-79.64
31° Kechasi 18°

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

15:18 / 08.10.2026

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtirmoqda. Buning uchun Sirdaryo orqali har yili kamida 2 mlrd kub metr suvni dengizga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda “KazTAG” xabar berdi.

Rejaga ko‘ra, Shimoliy Orol dengizining suv maydoni 3,9 ming kvadrat kilometrga, suv hajmi esa 34 mlrd kub metrga yetkaziladi. Mazkur ko‘rsatkichlar Jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Shimoliy Orolni tiklashning navbatdagi bosqichiga kiritilgan. Loyiha Ko‘korol to‘g‘onini rekonstruksiya qilish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Hozir Shimoliy Orol dengizidagi suv hajmi 23,4 mlrd kub metrni tashkil etadi. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 19 mlrd, 2023 yilda 21 mlrd, 2024 yilda 22 mlrd, 2025 yil oxirida esa 23 mlrd kub metr bo‘lgan.

Qozog‘iston rasmiylari suv hajmining oshishini Orolni tiklash bo‘yicha 20 yildan ortiq davom etayotgan ishlar bilan izohlamoqda. Shu davrda Shimoliy Orol maydoni 36 foizga kengaygan, suv hajmi deyarli ikki baravar oshgan, minerallashuv darajasi esa ikki baravar kamaygan.

Suv hajmini barqaror saqlash maqsadida Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi Sirdaryo orqali har yili kamida 2 mlrd kub metr suvni Shimoliy Orolga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlarida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va avtomatlashtirish bo‘yicha 160 dan ortiq loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.


Ilm-fan


														
														Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

														
														Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026

														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026
O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi…
11:03 / 08.10.2026
Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 30-oktyabr kuni Toshkentda ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayev…
11:40 / 08.10.2026
8-oktyabr qanday ob-havo kuzatiladi?

8-oktyabr qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
16:35 / 07.10.2026
Qashqadaryoda maktab direktori 600 dollar pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda maktab direktori 600 dollar pora bilan ushlandi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida maktab direktori fuqaroning ishga kirishiga ko‘maklashish evaziga 600 AQSH dollari …
09:44 / 07.10.2026
7-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

7-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:38 / 06.10.2026
AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQSHda prezident Donald Trampning Oval kabineti nusxasi yaratilib, Oq uy yaqinidagi “Xalq uyi” muzeyiga joylashtirildi. Bu h…
15:10 / 08.10.2026
Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘mlik omonatini o‘zlashtirgani aniqlandi

Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘mlik omonatini o‘zlashtirgani aniqlandi

Chirchiq shahrida tijorat banki filiali bo‘limi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan jami 1,3 mlrd so‘mini …
10:26 / 08.10.2026
Centrum Air yo‘lovchini samolyotdan tushirib yuborish bilan bog‘liq mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Centrum Air yo‘lovchini samolyotdan tushirib yuborish bilan bog‘liq mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Centrum Air bort kuzatuvchisidan o‘zbek tilida gapirishni so‘ragani ortidan samolyotdan tushirib yuborilgan yo‘lovchi bilan …
16:04 / 07.10.2026
Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

5-oktyabrdan Tojikiston va Eron fuqarolari uchun o‘zaro vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi. Endilikda ikki davlat fuqarolari …
09:51 / 07.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!