$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Deputatlarga boshliq ham, ijro hokimiyatiga boshliq ham bir shaxs – hokim!” – Kusherbayev

16:59 / 23.12.2021

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev hududlarda Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini oshirish uchun kengashlarga ko‘p vakolatlar berilayotgani, ammo Xalq deputatlari kengashlariga raislik qilish hokimlarda qolayotganiga eʼtibor qaratmoqda.

“Hokimlar bir vaqtning o‘zida Xalq deputatlari kengashlariga raislik qilishadi. Yaʼni qaror chiqaradigan deputatlarga boshliq ham, ijro qiladigan ijro hokimiyatiga boshliq ham bir shaxs: ikkitasi birda”, – deb yozadi deputat.

Shuningdek, Kusherbayev so‘nggi vaqtlarda fermerlarga yer berish, “snos” bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish, maktab direktorlarini tasdiqlash kabi masalalar Xalq deputatlari Kengashlari vakolatlariga kiritilganini eʼtirof etib, bu ishlar ham joylarda deputatlarning obro‘ va maqomi oshishiga xizmat qilmayotganini aytadi.

“Aksincha, Kengash raisi bo‘lgan hokimlarning o‘xshamay qolgan rejalariga “straxovka” vazifasini o‘tamoqda: jamoatchilik yaxshi qabul qilgan qaror bo‘lsa “bu janob hokimning qarori, tashabbusi”, jamoatchilik eʼtiroz qilsa “bu deputatlarning qarori” bo‘ladi.

Qizig‘i aslida shuki ikkala holatda ham qarorlarni bitta shaxs imzolaydi”, – deydi deputat.

Kusherbayevning taʼkidlashicha, shu vajdan ham, toki Xalq deputatlari kengashlariga hokimlar raislik qilishda davom etar ekan, kengashga berilgan vakolat deputatlargamas, hokimlarga xizmat qiladi. Va Kengash qarorini “deputatlar qarori, deputatlar xohishi”, deb aytib bo‘lmaydi. Bu, aslida, hokimning qarori, hokimning xohishi.

“Shuning uchun ayrim hurmatli hokimlarimiz jamoatchilik eʼtiroziga sabab bo‘layotgan masalalarga deputatlarni “krayniy” qilishi nomardlikdan boshqa narsa emas.

Keyin deputatlar Jizzaxdagi kabi o‘z hokimining murojaatini eshitish uchun Sessiyaga shaxsiy mulki – telefoni bilan kirishdan va savol berishdan mahrum qilinayotgan bir vaqtda “deputatlar qarori” degan gapni eshitish absurddan bo‘lak hech narsa emas”, – deydi Rasul Kusherbayev.

Maʼlumot uchun, Harakatlar strategiyasini 2019-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilingan va Dasturning  28-bandida 2019-yilning 1-mart sanasiga qadar “hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish” ko‘rsatilgan edi.

Bunga esa Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari masʼul etib belgilangan.

Keyinroq esa Oliy Majlis palatalari Kengashining 2019-yil 14-fevraldagi 2349-III/KQ-506-III-sonli Qo‘shma qaroriga asosan, “Viloyat, tuman, shahar hokimlarining xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish masalasini o‘rganish yuzasidan tuzilgan ishchi guruh” tuzilgan va unga o‘sha vaqtdagi Senat raisining o‘rinbosari Svetlana Artikova raxbar etib tasdiqlangan.

“Lekin o‘tgan davrda ushbu ishchi guruhi qanday ishlaganini ko‘pchiligimiz bilmaymiz. Bilganimiz – Prezident farmoni bilan tasdiqlangan butun boshli Davlat dasturidagi vazifa ijrochi va masʼular tomonidan  bajarilmadi.

Va shu sabab mahalliy darajada “ikkitasi birda” bo‘lgan absurd boshqaruv davom etmoqda”, – deydi Kusherbayev.


Bu ham qiziq

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!