Qatarda oʻtayotgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatining uchinchi kuni ham oʻzbekistonlik dzyudochilar uchun omadli keldi.
-73 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Murodjon Yoʻldoshev Artur Margelidonni magʻlubiyatga uchratgan holda jahon chempionati bronza medali sovrindori va 1 000 reyting egasiga aylandi.
Eslatib oʻtish mumkin, avvalroq Dilshodbek Baratov hamda Diyora Keldiyorova Jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan edi.
Qayd etish joiz, bugungi bellashuvlarda -81 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan Muso Sobirov medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi.
Sobirov dastlabki bosqichda ispaniyalik Xose Mendiolaga qarshi bahs olib boradi. Agar ushbu raqib toʻsigʻidan oʻtib olsa, uni ikkinchi davrada vengriyalik Attila Ungvari kutib turibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!