Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar A.Q. va J.T. belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan fuqaro Sh.Sh.ning “Bog‘izilol” MFY hududidagi binosida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib, tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 221,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Shuningdek, Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.X. “Do‘stlik” MFY hududidagi issiqxonasida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 190 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!