Toshkentda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “EU–Tabassum” loyihasining ikki yillik yakunlari sarhisob qilindi. “Media Ayvon–2026” forumi doirasida loyiha natijalari va media sohasidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi.
Loyiha DW Akademie va Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi hamkorligida amalga oshirilib, xotin-qizlar va yoshlar ovozini kuchaytirishga qaratildi.
Ikki yil ichida 150 ga yaqin jurnalist o‘qitildi, 300 dan ortiq ishtirokchi media klublarda birlashtirildi hamda 650 dan ortiq media mahsulot yaratildi.
Shuningdek, EduSmile.uz platformasi ishga tushirilib, jurnalistlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.
“EU–Tabassum” loyihasi O‘zbekistonda ochiq va zamonaviy media muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!