Namangan viloyatida qalbaki valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda bojxona idoralari hamkorligida Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat fosh etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Yangi Namangan tumanida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan shaxs hamda Chust tumanida istiqomat qiluvchi, 1980-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan 10 ming AQSh dollar miqdoridagi qalbaki pullarni 7,5 ming dollarga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!