Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 8 oylik chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Uchko‘prik tumanida 22 yoshli ayol qizini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ushlangan. Chaqaloq 2022-yilning avgust oyida tug‘ilgan bo‘lib, bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ashyoviy dalil sifatida olib qolingan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u oilaviy sharoiti yaxshimasligi, puldan qiynalgani uchun bolasini sotgan.
“Bolaga zoriqqan bir opa bor ekan. Ham savob, ham uyim yo‘qligi uchun bolamni unga bermoqchi bo‘ldim” – deydi ayol.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!