$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
14° Kechasi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

19:21 / 22.11.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bu haqda o‘tgan yil 22 dekabrda bo‘lgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida aytilgan edi. Mutasaddilar shu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berdi.

Unga ko‘ra, 2025-2030 yillarda teatrlarda “Milliy qahramon” va “Inson qadri uchun” mavzularida 32 ta turkum spektakllar yaratish taklif etilmoqda.

Sahna asarlarini yaratishda ijodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, dramaturgiya va rejissyorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Xususan, teatr dramaturglari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlarni ta’sis etish, “Nigoh” ijodiy loyihasini yo‘lga qo‘yish, milliy akademik musiqa san’ati bo‘yicha kompozitorlar tanlovini o‘tkazish taklif etildi.

Madaniyat va san’atning ta’lim bilan uzviy hamkorligini mustahkamlash, talabalarning teatrlarda amaliy mashg‘ulotlarini kengaytirish, teatr sohasiga oid ilmiy-tadqiqot ishiga buyurtmalar berish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Teatr aktyor va rejissyorlari, teatrshunos va san’atshunoslarning mahorat maktablari tashkil etiladi. Teatr tanqidchilari va dramaturglar klubi tashkil etilib, ularning faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi. Har yili nodavlat teatrlarga ham davlat buyurtmasi beriladi.

Umumiy va oliy ta’lim muassasalarida havaskor teatr jamoalari tuzilib, ular o‘rtasida tanlovlar o‘tkaziladi. Yoshlarni teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi.

Kelgusi yildan O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi. Hududlardagi teatr binolari mukammal ta’mirlanib, zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinadi. Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga “akademik” maqomi beriladi.

Bundan tashqari, taqdimotda soha vakillarini rag‘batlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 2025 yildan boshlab, madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlari oshirilishi belgilandi.

Moddiy manfaatdorlik xodimning ish samaradorligi (KPI) ko‘rsatkichlariga bog‘lanadi. Unda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, olis hududlarga gastrollar uyushtirish, yangi asarlar yaratish, iqtidorli yosh ijodkorlarni izlab topish kabi mezonlar inobatga olinadi.

Shuningdek, 2025 yildan boshlab O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining ish haqlari oshirilib, munosib moddiy  rag‘batlantiriladi. Orkestr jamoasi tomonidan davlat buyurtmasi asosida har yili yangi musiqiy asarlar yaratiladi, mahoratli dirijyor, orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Orkestri jamoasining yurtimiz hududlari va xorijiy gastrol safarlari tashkil etiladi, yirik korxona va tashkilotlar xodimlari uchun konsert namoyishlari tashkil etiladi.

Shu bilan bir qatorda, davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat va san’at ta’limini yangi bosqichga ko‘tarish masalalari bo‘yicha ham alohida topshiriqlar berildi. Xususan, iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash, saralash va o‘qitish bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, shuningdek, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, kasbiy, oliy ta’lim tashkilotlari hamda madaniyat va san’at tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘quv rejalari va dasturlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.


O‘zbekiston


														
														23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
23:34 / 22.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024

														
														“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

Sattarov shu yilning fevral oyida o‘g‘irlik va rasmiy soxtalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan Anvar Jurayevning o‘rni…
21:50 / 22.11.2024

														
														Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirl…
20:30 / 22.11.2024

														
														Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

2017-2019-yillarda metroda 36 ta poyezd ishlagan. 2024-yil holatiga ko‘ra ularning soni 65 taga yetdi.
20:04 / 22.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024

														
														Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
17:39 / 22.11.2024

														
														Zaharlanayotgan Boysun

Zaharlanayotgan Boysun

Mana ikki yarim oydirki Boysun aholisi zaharli gazdan qiynalyapti. Sentyabr oyida boshlangan mazkur texnogen hodisaga 2 yari…
16:02 / 22.11.2024

														
														O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
15:42 / 22.11.2024

														
														“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024

Bu ham qiziq

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
22:39 / 21.11.2024
Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Shu sabab qo‘mita ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi.
10:58 / 21.11.2024
Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024
Yangi Zelandiya “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilot sifatida tan oldi

Yangi Zelandiya “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilot sifatida tan oldi

Yangi Zelandiya Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Qurolli va siyosiy guruh “Hizbulloh”ni terroristik tashkilot deb belg…
09:31 / 21.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
15:42 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024
AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh harbiy byudjetini tahlil qilib, o‘z arsenalini modernizatsiya qilish uchun Kiyevga eskirgan ATACMS raketalarini yuborga…
11:34 / 21.11.2024
Zaharlanayotgan Boysun

Zaharlanayotgan Boysun

Mana ikki yarim oydirki Boysun aholisi zaharli gazdan qiynalyapti. Sentyabr oyida boshlangan mazkur texnogen hodisaga 2 yari…
16:02 / 22.11.2024
Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!