Bugun, 22-noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Shayxontohur tumanining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bunga sabab ushbu hududlarda ta’mirlash ishlari olib borilishidir. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.
Aholi iste’molchilari soni:
“Katta Olmazor” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 1173 ta xonadon;
“Beshyog‘och” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 368 ta xonadon va 210 ta yerli xonadon;
Ulgurji iste’molchilar soni: 31 ta.
“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, – deyiladi “Hududgaz Poytaxt” xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!