Farg‘ona shahrida 26-iyun kuni ayol kishiga tegishli mashina yoqib yuborildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni fuqaro U.M. (ayol) viloyati IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat taxminan 03:00 da Farg‘ona shahar Ezgulik ko‘chasi 10-uy oldida turgan onasi M.U. ga tegishli qora rangli Kia Carnival avtomashinani noma’lum shaxs yoqib yuborganini ma’lum qilgan. Ayol ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Shu kunning o‘zida tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan. Avtomashinaga yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida sudga oid yong‘in-texnikaviy ekspertizasi va baholash ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!