$
12044.72 UZS
-11.18
₽
145.46 UZS
1.3
€
13525.02 UZS
-47.51
31° Kechasi 18°

“Farhodning o‘zi ham operatsiyani reklama evaziga gaplashgan edi”

11:28 / 15.01.2024

Komik aktrisa Halima Ibragimova “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida bloger Farhod Mannopov vafot etgan klinikani reklama qilishga nima sababdan rozi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

“Bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p aylangan. Bu narsa xudoni ishi. Inson yo‘lda bo‘ladimi, cho‘ldami, samolyotdami, mashinadami, klinikadami, bir kun hamma o‘ladi. Agar kimnidir saqlab qolish insonning qo‘lidan kelganida dunyoda o‘lim bo‘lmasdi. Birinchi prezidentimiz, shuncha imkoniyatlari bo‘la turib, vafot etmadilarmi? Butun dunyo bizga ta’ziya bildirmadimi? O‘zimning ota-onam ham kasalxonada vafot etgan. Men Halima bo‘lib hech narsa qila olmadim-ku? Meniyam yupatishdi. “Allohning irodasi, sabrli bo‘l” deyishdi.

Farhod juda yaxshi inson edi, ukamdek bo‘lgan. Uyimda vaynlar suratga olgan. O‘sha reklamani olishdan avval men Ulug‘bekning oldidan o‘tganman. Farhod rahmatli ham o‘sha klinikaga reklama qilingani uchun bordi. O‘limidan avval sahifasiga shifokor bilan suhbatlashib o‘tirgani aks etgan videoni ham joyladi. U birgina shifokorning aybi bilan olamdan o‘tgan bo‘lsa, qolgan shifokor, hamshira, laborantlar, qorovullarda nima ayb? Qaysi shifoxonada o‘lim bo‘lmayapti? Hech qaysi shifokor kasalni uyingizga olib keting, nima isyoningiz va e’tirozingiz bo‘lsa, uyingizda qiling, demaydi. Oxirigacha, qo‘lidan kelganicha kasalning hayoti uchun kurashadi.

Men “Klinika faoliyatini davom ettiryapti”, deb reklama qildim. Reklama gaplashishdan avval men LOR bo‘limini reklama qilmayman, deb kelishdik. Shundan keyin Ulug‘bek va uning jamoasi mendan xafa bo‘ldi. Har xil gap-so‘zlar, tanqidiy videolar chiqarishdi. Lekin yuzimga kelib gapira olmadi. Mening munosabat bildirishimni kutishdi, lekin men unaqa maydalashib o‘tirmayman. Ertaga o‘lim haq, yaqin insonidan ajralganida, meni tushunadi”, — deydi Halima Ibragimova.

“Lekin ular vrachni pulga gaplashmagandi. Reklama qilib, operatsiyani tekinga qildirmoqchi edi. Men masalan, oyog‘imdan ikki marta operatsiya bo‘ldim. Reklama qilmadim hech kimni. Chunki operatsiya pulini to‘lagandim”, — deya so‘zlarini davom ettiradi aktrisa.  

Ma’lumot uchun, “Mitti vayn” taxallusi bilan ijod qilgan vayner Farhod Mannopov 2023-yilning 5-mart sanasida poytaxtdagi xususiy klinikalardan birida burnini operatsiya qildirayotganida vafot etgan edi.  


Shou-biznes


														
														Saida Rametova og‘ir judolikka uchradi

Saida Rametova og‘ir judolikka uchradi

O‘zbek kinosi va teatrining taniqli vakili, O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametovaning onasi 90 yoshida vafot etdi. Bu haqd…
17:03 / 05.08.2026

														
														“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025

														
														Leonardo Di Kaprio Rolex brendining elchisi bo‘ldi

Leonardo Di Kaprio Rolex brendining elchisi bo‘ldi

Brend elchilari orasida Jeyms Kemeron va Martin Skorseze, shuningdek, sportchilar va madaniyat arboblari bor.
22:12 / 26.02.2025

														
														Hind aktyorlari Salmon Xon va Shohrux Xonga o‘lim bilan tahdid qilishdi

Hind aktyorlari Salmon Xon va Shohrux Xonga o‘lim bilan tahdid qilishdi

Hindiston OAVlarining xabar berishicha, Lourens Bishnoy jinoiy to‘dasi a’zosi tomonidan payshanba kuni Salmon Xonga yana bir…
11:18 / 11.11.2024

														
														Jared Leto musiqiy guruhi Toshkentda konsert beradi

Jared Leto musiqiy guruhi Toshkentda konsert beradi

Tadbir shu yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
15:26 / 06.06.2024

														
														Jennifer Lopes va turmush o‘rtog‘i Ben Afflek uylarini sotuvga qo‘ydi

Jennifer Lopes va turmush o‘rtog‘i Ben Afflek uylarini sotuvga qo‘ydi

Ayrim manbalar qasr allaqachon sotilganini yozmoqda.
12:14 / 06.06.2024

														
														Parizoda yakkaxon konsert bermoqchi ekanligiga shama qildi

Parizoda yakkaxon konsert bermoqchi ekanligiga shama qildi

Bu haqda raqqosa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
10:55 / 06.06.2024

														
														20 yildan keyin Setora guruhi yana birga

20 yildan keyin Setora guruhi yana birga

Setora guruhi 1998-yili dastlab Setanho nomi ostida sinfdoshlar tomonidan tashkil etilgan. Guruhning “Sen borsan”, “Ohim”, “…
13:00 / 09.04.2024

														
														Gollivud aktyori Nikolas Keyj “Oskar”ga o‘zidan 31 yosh kichik sevgilisi bilan keldi

Gollivud aktyori Nikolas Keyj “Oskar”ga o‘zidan 31 yosh kichik sevgilisi bilan keldi

Juftlikning birga tushgan surati “Daily Mail” nashrida chop etildi.
13:04 / 12.03.2024

														
														Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti yoshlar nechta tilni bilishi kerakligi haqida ham gapirdi.
11:29 / 07.02.2024

Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

“AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildik”, – Preziden…
17:46 / 19.10.2026
Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026
Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Londondagi jangida g‘alaba qozonganidan so‘ng Manchesterga borib, “Manchester Siti” k…
11:14 / 19.10.2026
Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

18-oktyabr kuni Turkiya Superligasining sakkizinchi turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep”ni 2:1 hisobida …
09:46 / 19.10.2026
99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

Buyuk britaniyalik 99 yoshli Xelga Daffi samolyot qanotida parvoz qilgan eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobi…
09:33 / 20.10.2026
“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani va komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgani…
11:31 / 20.10.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Marko Rubio Samarqand asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib k…
13:21 / 19.10.2026
O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi “Brasserie Park” restorani oldida 17 yoshli kurer bilan janjallashib, uni haqorat qilgan erkak 5 sutkaga…
10:48 / 20.10.2026
Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!