XAMAS nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi dushanba kuni matbuot bayonotida Isroilning davom etayotgan hujumlari natijasida G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 30 534 kishiga yetganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Sinxua”.
Bayonotga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida 124 falastinlik halok bo‘lgan, 210 nafari yaralangan. 2023-yil 7-oktyabrda Isroil va XAMAS o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan buyon jami halok bo‘lganlar soni 30 534 nafarga, yaradorlar soni esa 71 920 nafarga yetgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, shiddatli portlashlar hamda fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar guruhlari yetishmagani uchun ba’zi qurbonlar vayronalar ostida qolib ketgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!