Xalqaro jinoiy sudning bosh prokurori yakshanba kuni G‘azoga insonparvarlik yordamini to‘sib qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirib, Isroil-Falastin urushi davom etayotgan paytda og‘ir gumanitar vaziyatni ta’kidladi.
“Eng asosiysi, hozirgi vaqtda tinch aholiga insonparvarlik yordami yetkazilishiga hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerak. Ular aybsiz. Ular xalqaro gumanitar huquq doirasida o‘z huquqlariga ega”, – dedi prokuror.
“Ushbu huquqlar Jeneva konvensiyasining bir qismidir va Rim statutiga ko‘ra, bu huquqlar cheklangan taqdirda ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi”, – deyiladi Karim Xonning nutqida.
Yakshanba kuni qamal ostidagi Falastin anklavidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 7-oktyabrdan beri Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 8005 nafarga yetgan. Bu raqam 3342 nafar bola va 2062 nafar ayolni tashkil etadi.
Isroildagi qurbonlar soni 1538 nafardan ortiq ekanligi ma’lum qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!