Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev joylardagi ijro hokimiyati rahbarlari bo‘lgan hokimlarni tayinlash emas, muqobil nomzodlar asosida saylash masalasini konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish zarurati kelganini ta’kidladi.
“Joylardagi ijro hokimiyati rahbarlari bo‘lgan hokimlarni tayinlash emas, muqobil nomzodlar asosida saylash masalasini konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish zarurati kelgan nazarimizda”,– deb yozadi deputat o‘zining Telegram kanalida.
Shuningdek, u saylov qay yo‘sinda o‘tishi kerakligini ham aytgan.
“Dastlab bu saylov tegishli kengash deputatlarining alohida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilgani ma’qul. Shunda hokimlarning kengash va deputatlar oldida mas’uliyati ortadi. Bu esa o‘z o‘zidan deputatlarni saylagan saylovchilar bilan doimo hisoblashish kerakligini anglatadi. Agar aksar saylovchilar qaysidir nomzodga qarshi ekanligini bildirishsa deputat shundan kelib chiqib ovoz beradi”,– deydi Rasul Kusherboyev.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!