$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Huawei yangi avlod aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etdi

16:38 / 27.09.2023

Xitoyning texnologiya ishlab chiqaruvchi eng yirik korporatsiyalaridan biri hisoblangan Huawei taqdimotida aqlli ko‘zoynaklarning ikkinchi avlodi bo‘lgan “Eyewear 2” namoyish etildi, uning yanada murakkab dizayn va yangi ramkali variantlari – titan va tilla bilan qoplangan.

Titan versiyasida og‘irligi atigi 4,7 gramm bo‘lgan yengil b-titanli ramka mavjud, oltin versiyada esa 18 karat oltin qoplama va zamonaviy yupqa ramkalar mavjud. “Eyewear 2”ni foydalanuvchilarga qulayroq qilish uchun Huawei birinchi versiyaga nisbatan quloqchinlar kengligini 20 foizga qisqartirdi, natijada qurilmaning maksimal eni 9,7 millimetrga, orqa eni esa 28 foizga yoki 8,3 millimetrga qisqardi.

Birinchi versiya kabi, yangi qurilma ham musiqa va qo‘ng‘iroqlarning boshqalarga eshitilmasligini ta’minlaydi. “Huawei Eyewear 2”da oldinga yo‘naltirilgan ikki diafragmali audio bloki mavjud bo‘lib, u dinamik amplitudasini 40 foizga, ijro hajmini esa 30 foizga oshiradi. Ko‘zoynaklar, shuningdek, uch marta shovqinni kamaytirish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, gaplashayotganda ovozni aniq eshitish imkonini beradi.

Yaxshilangan datchiklar sensorli boshqaruv maydonini 23 millimetrga oshiradi, bu avvalgi modelga nisbatan 50 foiz kattaroq degani. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu tasodifiy teginish xavfini ham minimal darajada kamaytiradi.

Ko‘zoynaklar bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmalarga uzluksiz ulanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular “HarmonyOS”da bir nechta gajetlar o‘rtasida tez almashishni ta’minlaydi, lekin Android, iOS va Windows bilan ham “til topisha oladi”.

Avtonomiyaga kelsak, yangi ko‘zoynaklar musiqa yoki podkastlarni 11 soat tinglash (avvalgi avlodga qaraganda 83 foizga ko‘proq) yoki 9 soat suhbatlashish imkonini beradi. To‘liq zaryadlash 50 daqiqa davom etadi va atigi 10 daqiqa zaryadlash 3 soat tinglash uchun yetarli. Korpus chang va namlikdan himoyalangan (IP54).

Ma’lumot uchun, “Huawei Eyewear 2” birinchi avlod kabi 1699 yuan (taxminan 2 850 000 so‘m) narxda standart ramka variantlarini taklif etadi, 18 karatli tilla ramkalisi esa 1899 yuanga (3 180 000 so‘m), titan ramkali qurilma esa 2299 yuanga (3 850 000 so‘m) baholanmoqda. Xitoyda sotuvlar 30-sentyabr kuni boshlanadi, global versiyasining sotuvga chiqarilishi hali e’lon qilinmagan.

Shuningdek, kompaniya yangi “FreeBuds Pro 3” simsiz quloqchinlarni ham rasman taqdim etdi. Bu flagman seriyasidagi model bo‘lib, tashqi tomondan, avvalgisidan deyarli farq qilmaydi, ammo yashil rang varianti paydo bo‘ldi.

“FreeBuds Pro 3”ning yangiligi shundaki, qayta zaryadlashni hisobga olgan holda u 33 soat doimiy ishlashi mumkin. Hatto yo‘qolgan taqdirda ham, ovozli signal yordamida uni oson topib olish mumkin. Boshlang‘ich narxi taxminan 1499 yuanga (2 500 000 so‘m) baholangan.


Ilm-fan


														
														Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

														
														Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026

														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!