$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 12-14 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda – MB

15:09 / 21.04.2022

Markaziy bank boshqaruvi 2022-yil 21-apreldagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish bo‘yicha qarori press-relizi eʼlon qilindi.
Mazkur hujjatda, shuningdek, ichki narxlar dinamikasi va inflyatsion kutilmalar haqida ham maʼlumotlar berilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning mart oyida inflyatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil etib, yillik hisobda 10,5 foizgacha oshgan va ikki xonali son darajasiga qaytgan. Bazaviy inflyatsiya ko‘rsatkichi yillik 9,1 foizda shakllanib, uning umumiy inflyatsiyadagi hissasi 6,9 foiz bandgacha oshgan.

Markaziy bank taʼkidicha, narxlarning o‘suvchi dinamikasi, asosan, import inflyatsiyasi, tashqi bozorlarda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sishi bo‘yicha kutilmalar va anʼanaviy mavsumiy omillar bilan izohlanadi.

Aprel oyida narxlarning maʼlum darajada muvozanatlashuvi kuzatilayotgan bo‘lib, Markaziy bankning haftalik kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, aprelning dastlabki 20 kunida ayrim asosiy isteʼmol tovarlari bo‘yicha narxlarning pasayishi va muvozanatlashishi kuzatildi.

Ikkinchi chorakda narxlar dinamikasida mavsumiy omillar hisobiga meva va sabzavotlar guruhining hissasi pasaytiruvchi bo‘lishi, tashqi omillar va tarkibiy o‘zgarishlar taʼsirida nooziq-ovqat tovarlari guruhining oshiruvchi hissasining kuchayib borishi kutilmoqda.

2022-yil mart oyi so‘rovlari natijalariga ko‘ra, aholining inflyatsion kutilmalari 15 foizni, tadbirkorlarniki – 15,4 foizni tashkil etdi. Valyuta almashuv kursining nisbatan muvozanatlashuvi va tarkibiy islohotlar taʼsirida kelgusida kutilmalarning pasayib borishi taxmin qilinmoqda.

Yil so‘ngigacha inflyatsiya dinamikasiga taklif omillarining (ishlab chiqarish, transport-logistika, xorijdan yetkazib berish, yoqilg‘i-energetika narxlari oshishi) taʼsiri talab omillariga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda.

Sanoat ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra joriy yilning mart oyida ham xomashyo (ish, xizmatlar) yetkazib berish muddatlarining uzayishi kuzatilmoqda (mart oyida yetkazib berish muddatlari indeksi fevral oyidagi 51,4 dan 47,5 gacha yomonlashgan).


Bu ham qiziq

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025
AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-may kuni AQSh Havo va dengiz operatsiyalari xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar …
14:12 / 10.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!