“Nerradzurrilar” allaqachon hujumchiga taklif yuborgan.
“Inter” yozda Markus Tyuramni tekinga sotib olmoqchi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Italiya klubi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan “Borussiya Gladbax” hujumchisiga yiliga 5 million yevro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilgan.
Yanvar oyi boshida Tyuram boshqa klublar bilan rasman muzokara olib borishi mumkin bo‘lganida, “Inter” unga rasmiy taklif bilan chiqadi.
25 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Borussiya” safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu yilgi Jahon chempionatida u Fransiya terma jamoasi safida besh marta zaxiradan maydonga tushdi va maydonda jami 147 daqiqa davomida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!