Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon viloyati filiali dispetcheri M.A. fuqaro M.Q.ni 1500 AQSh dollari evaziga “Call-markaz”ga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgani aniqlangan.
Dispetcher puldan 1 000 dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatmasiga asosan davom etgan tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon viloyati filiali iqtisodchisi D.U. oʻz xizmat xonasida M.A.dan 1000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!