$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Isoqjon Begmatov imom-xatib vazifasidan ozod etildi

11:54 / 25.08.2023

Isoqjon Begmatov imom-xatib vazifasidan ozod etildi. Bu haqda, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabar berdi.

Avval ma'lum qilganimizdek, bugun 25-avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ichki nazorat komissiyasi tomonidan xalq orasida “Isoqjon domla” deb tanilgan Toshkent shahridagi “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatovning ijtimoiy tarmoqlardagi bir qator chiqishlari keng muhokama qilindi.

Komissiya a’zolari tomonidan imom-xatibning turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan hissiyotga berilib qilgan keskin chiqishlari, ulamolar fatvolariga nisbatan ayrim teskari fikrlari, ixtilofli masalalarni ko‘tarishi oqibatida, nizo va qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lgani qattiq tanqid ostiga olindi.

Ichki nazorat komissiyasi avval ham ushbu imom-xatibning mana shunday chiqishlarini bir necha bor ko‘rib chiqib, uni jiddiy ogohlantirgan edi. Afsuski, bunday holatlar yana takrorlanishda davom etdi.

Yig‘ilishda I.Begmatovning mazkur chiqishlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi munosabatini mutlaqo ifoda etmasligi, balki uning o‘zbilarmonlik ila aytgan shaxsiy fikr-mulohazalari ekani ta’kidlandi.

I.Begmatov ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan chiqishlarida jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini e’tirof etdi va pushaymonligini bildirdi.

Ichki nazorat komissiyasi imom-xatib mazkur chiqishlarida ushbu yo‘nalishdagi buyruqlar talablari, ichki tartib-qoidalari hamda mehnat majburiyatlariga muntazam ravishda rioya etmagani uchun Isoqjon Begmatov Toshkent shahridagi “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi vazifasidan ozod etildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan Ichki nazorat komissiyasi diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga ta’sir choralarini qo‘llash va halol-pok xizmat qilayotganlarni rag‘batlantirish kabi vakolatlarga egadir.


Bu ham qiziq

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan tugadi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan tugadi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
03:38 / 10.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-may kuni AQSh Havo va dengiz operatsiyalari xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar …
14:12 / 10.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!