Isroil ommaviy axborot vositalari Suriyadan Isroilga minomyotdan hujum qilingani haqida xabar berishdi. Isroil armiyasi minomyot hujumiga javoban Suriya pozitsiyalariga zarba berdi.
Buyuk Britaniya Falastin bayrog‘idan foydalanish va ko‘rsatishni taqiqlashi mumkin, chunki u "terrorni ulug‘laydi". Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri politsiyadan Britaniya shaharlari ko‘chalarida Falastin bayroqlarini ko‘targanlarni hibsga olish masalasini ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.
Isroil G‘azo sektorida bir oylik quruqlik kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, dedi Misr rasmiysi Times of Israel nashriga.
Isroil Misrga gaz eksportini to‘xtatdi.
Iroqdagi Hizbulloh brigadalari bosh kotibi Ahmad al-Hamidavi, agar AQSh Falastin-Isroil mojarosiga aralashsa, raketalari Amerika bazalariga zarba berishini aytdi.
Fransiya va Yevropa Ittifoqi Falastinning HAMAS harakatini terrorchilik tashkiloti deb tan oldi. Bu haqda Fransiya bosh vaziri Elizabet Born xabar bergan.
Amerikaning USS Jerald R. Ford samolyot tashuvchi kemasi Isroilga yaqinlashmoqda. Oq uyning ta’kidlashicha, AQSh samolyot tashuvchi kemasining joylashtirilishi uchinchi davlatlarni Isroil atrofidagi keskinlikni kengaytirishdan qaytarishga qaratilgan.
Ma’lum qilinishicha, Amerika maxsus kuchlari amerikalik razvedka zobitlari bilan birgalikda G‘azo sektoridagi amerikalik garovga olinganlarni qutqarishda yordam berish uchun Isroilga yetib kelgan. Oq Uyning malum qilishicha, Isroilda 20 nafar AQSh fuqarosi bedarak yo‘qolgan.
Isroilda qurbonlar soni 1200 kishidan oshdi.
Isroilning G‘azo sektori bo‘ylab bergan zarbalaridan so‘ng falastinliklar orasida qurbonlar soni 900 ga yetgan, ularning 260 nafari yosh bolalar, 230 nafari ayollar 4,5 ming kishi yaralangan — G‘azo SSV.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant: “Biz urush olib borishning barcha qoidalarini bekor qildik. Askarlarimizda hech narsa uchun javobgarlik bo‘lmaydi. Harbiy sudlar ham bo‘lmaydi”.
Isroil armiyasi “Al-Qassam” brigadasining HAMAS harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Ad-Deifning uyiga hujum qilib, uning otasi, ukasi, bolalari va boshqa qarindoshlarini o‘ldirdi, deb yozadi Isroilning Haaretz gazetasi. Qo‘mondonning o‘zi taqdiri haqida xabar berilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!