AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general-mayor Patrik Rayderning ma’lum qilishicha, Pentagon Livanda “Hizbulloh” a’zolari tomonidan foydalaniladigan peyjerlarning ommaviy portlashiga aloqador emas.
“Men bilishimcha, Qo‘shma Shtatlarning bunga aloqasi yo‘q. Takror aytaman, biz bu masalani kuzatib boramiz”, – deydi Rayder.
U portlashdan keyin AQShning mintaqadagi harbiy pozitsiyasi o‘zgarmaganini ta’kidlagan.
Rayder, shuningdek, Davlat kotibi Blinken taranglik kengroq mintaqaviy mojaroga aylanmasligiga “e’tibor qaratganini” va ular diplomatiya Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi davom etayotgan mojaroni kamaytirishning eng yaxshi yo‘li ekanligiga ishonishlarini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentyabr kuni Livanning turli hududlarida “Hizbulloh” a’zolarining peyjerlari portlagandi. Hodisa oqibatida 2,8 mingga yaqin odam jarohat olgan, 12 kishi esa halok bo‘lgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!