Kecha, 27-mart kuni ikki nomaʼlum shaxs Isroilning Xadera shahri ko‘chalarida otishma sodir etdi.
Isroil politsiyasi Xaderadagi terakt oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 3 nafar politsiyachi esa turli darajada tan jarohati olgani haqida maʼlum qildi.
Voqea joyiga Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet yetib kelgan.
Terakt uyushtirgan ikki nafar shaxs esa otib o‘ldirilgan. Ulardag birining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida IShID terrorchilari bilan aloqalari aniqlangan.
Rasmiylarning xabar berishicha, qurolli hujum uyushtiraganlar 1100 ga yaqin o‘q-dorilarni olib yurgan.
O‘z navbatida IShID terrorchilik guruhi (faoliyati O‘zbekistonda taqiqlangan, -tahr.) Isroilning Xadera shahridagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Shuningdek, IShID 22-mart kuni Isroil janubidagi hujumga aloqadorligini daʼvo qilmoqda.
Isroil bosh vaziri Naftali Bennet xavfsizlik xizmatlarini mamlakatdagi ikkita teraktdan so‘ng yangi tahdidga tezda moslashishga chaqirdi.
Bugun, 28-mart kuni Isroil xavfsizlik xizmatlari qator reydlar o‘tkazdi. Tadbirlarda qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, shuningdek, IShID bilan aloqadorligini tasdiqlovchi adabiyotlar musodara qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!