Dohada oʻtkazilayotgan 36-jahon chempionatining ikkinchi kuni ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi.
Mavzuga doir: Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatini kumush medal bilan boshladi
-52 kg vazn toifasida harakat qilgan Diyora Keldiyorova finalga qadar magʻlubiyatsiz yetib kelib, Oʻzbekiston dzyudosi tarixida jahon chempionati medalini qoʻlga kiritgan ilk ayol dzyudochiga aylandi.
Keldiyorova jahon chempionatining kumush medali bilan birga qimmatli 1 400 reyting ochkosiga ham ega chiqdi.
Qayd etish mumkin, u hal qiluvchi final bellashuvida amaldagi Olimpiada va jahon chempioni, yaponiyalik Uta Abega imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Oʻz navbatida bugun, dzyudochilar -57 va -73 kg vazn toifalarida medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar.
Bugungi bellashuvlarda Nilufar Yermaganbetova, Shukurjon Aminova (-57 kg), Murodjon Yoʻldoshev va Obidxon Nomonov (-73 kg) Oʻzbekiston sharafini himoya qilishadi.
Oʻzbekiston dzyudochilarning bugungi raqiblari:
-57 kg: Nilufar Yermaganbetova — Maysa Pardayeva (Turkmaniston)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Ana Rosa (Dominikan)
-73 kg: Murodjon Yoʻldoshev — Mixail Tsoutlasvili (Gretsiya)/Ertur Turdubayev (Qirgʻiziston)
-73 kg: Obidxon Nomonov — Aleksandru Rayku (Ruminiya)/Benjamin Gaba (Fransiya)
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!