$
12122.07 UZS
48.78
156.39 UZS
1.23
14187.67 UZS
29.32
31° Kechasi 18°

Jamoat transportlarida brutto-shartnoma tizimi joriy etiladi

10:08 / 20.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, jamoat transportini moliyalashtirishning yangi brutto-shartnoma (yo‘nalishlarda cheklangan tariflarda yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma) tizimi joriy etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan yo‘nalishlar tashuvchilarga biriktirilishi, yo‘lovchilarni muntazam tashishni amalga oshiruvchi tashuvchilarga va bunday tashishlarni amalga oshiruvchilarga qo‘yiladigan talablar, majburiy shartlar hamda tashuvchining majburiyatlari va javobgarliligi, bajarilgan ish hajmi va tashuvchiga to‘lanadigan to‘lov miqdori tartibi nizomda belgilab qo‘yilgan.

Yo‘nalishlarni tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha tender savdolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Vakolatli organ tender o‘tkazilishidan kamida oltmish kalendar kun oldin tenderga chiqariladigan yo‘nalishlarni belgilaydi, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqadi. Yo‘nalishlarning boshlang‘ich narxini shakllantiradi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yo‘nalishlarni tenderga chiqarish jadvallari tasdiqlanishini ta’minlaydi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Yo‘nalishlarning yakuniy narxi yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra tashuvchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi taklif asosida aniqlanadi va brutto-shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi.

Tender g‘olibi ikki kun muddatda vakolatli organga – avtobuslarni avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga ulash, shuningdek, ATTO operatoriga – avtobuslarga avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi terminallarini (validatorlar) o‘rnatish uchun harakat tarkibi saqlanadigan avtosaroy yoki to‘xtash joyi manzilini ko‘rsatgan holda murojaat qiladi.

Vakolatli organ va ATTO operatori tender g‘olibi arizasi kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda avtobuslarni avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga ulanishi hamda validatorlar o‘rnatilishini bepul ta’minlaydi.

Vakolatli organlar yoki ularning qoshida tuzilgan tashkilot xodimlari yo‘lkira haqi to‘lanishi va tashish xizmatlari sifatini nazorat qiladi.

Tashuvchi tomonidan qatnovlarni ish jadvaliga mos ravishda boshlash-tugatish hamda oraliq bekatlarga kelish-ketish vaqtlariga rioya qilinishi, belgilangan harakat intervali va muntazamligi ta’minlanishi, shuningdek, haydovchi va avtobuslar uchun qo‘yilgan minimal talablar bajarilishi lozim bo‘ladi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 1-fevraldan 50 yillik avtomobillardan foydalanish va ro‘yxatga olish taqiqlanadi

O‘zbekistonda 1-fevraldan 50 yillik avtomobillardan foydalanish va ro‘yxatga olish taqiqlanadi

“Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat …
12:15 / 22.01.2026
Mobil ilovalarga bank kartalarini biriktirishda biometrik identifikatsiya majburiy bo‘ladi

Mobil ilovalarga bank kartalarini biriktirishda biometrik identifikatsiya majburiy bo‘ladi

Nizomga ko‘ra, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi akkauntiga faqat ushbu shaxs yoki yaqin qarindoshlariga tegishl…
12:57 / 21.01.2026
Toshkentda BMW yonib ketdi

Toshkentda BMW yonib ketdi

Poytaxt FVBB axborot xizmatiga ko‘ra, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
08:33 / 21.01.2026
AQShdan yana 44 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

AQShdan yana 44 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

21-yanvar kuni kechqurun AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari mavjud yana bir charter reys Toshkentga yetib …
08:57 / 22.01.2026
Sobiq vazir 23 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sobiq vazir 23 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

2024-yilda Janubiy Koreyada harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qo‘zg‘olonni tashkil e…
18:23 / 21.01.2026
Albaniya ham Trampning G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilish taklifini qabul qildi

Albaniya ham Trampning G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilish taklifini qabul qildi

Albaniya bosh vaziri Trampning G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilish taklifini qabul qildi.
17:38 / 20.01.2026
21-yanvar uchun ob-havo ma’lumoti

21-yanvar uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:12 / 20.01.2026
23-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

“O‘zgidromet” 23-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
13:06 / 22.01.2026
Sport sohasidagi ishlar sarhisobi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Sport sohasidagi ishlar sarhisobi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, yirik musobaqalar natijalari…
18:02 / 20.01.2026
Tramp “Tinchlik Kengashi” nizomini imzoladi

Tramp “Tinchlik Kengashi” nizomini imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi tomonidan tashkil etilgan yangi xalqaro tuzilma — “Tinchlik Kengashi” nizomini imzoladi. H…
16:10 / 22.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!