$
12287.31 UZS
-22.68
158.83 UZS
-0.81
14644.02 UZS
-22.1
31° Kechasi 18°

Sport sohasidagi ishlar sarhisobi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

18:02 / 20.01.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, yirik musobaqalar natijalari hamda 2026-yil uchun mo‘ljallangan vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Qayd etilganidek, sportda yaxlit tizim yaratilgani oʻzining amaliy natijalarini bera boshladi.

Aholining ommaviy sport bilan qamrovi 15 million nafarga yetdi, sport bilan doimiy shugʻullanuvchilarning soni soʻnggi yillarda qariyb 1,5 barobarga oshdi.

Oʻtgan yili yoshlarimiz jahon universiadasida 13-oʻrin, Bahrayndagi Yoshlar oʻyinlari va Saudiya Arabistonidagi Islom birdamligi musobaqasida 2-oʻrin, BAAdagi Yoshlar Paraosiyo oʻyinlarida 1-oʻrinni egalladi.

Futbol boʻyicha milliy terma jamoamiz ilk bor jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi, joriy yil shaxmatchimiz Javohir Sindarov esa “Jahon toji” uchun nomzodlar turnirida ishtirok etadi.

Shu bilan birga, bu natijalar bilan cheklanib qolmaslik, mavjud imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlardan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Ayrim sport turlari boʻyicha natijalar hali mavjud infratuzilma va salohiyatga toʻliq mos kelmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Eng avvalo, ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilarning sonini yaqin istiqbolda 17 million nafarga yetkazish zarurligi qayd etildi.

Xalqaro sport oʻyinlari va Olimpiadalar uchun munosib zaxira yaratish maqsadida tashkil etilgan Prezident Olimpiadasi orqali ochiq va shaffof seleksiya tizimini yoʻlga qoʻyishni davom ettirish muhim ekani koʻrsatib oʻtildi.

Birinchi musobaqada 103 ming nafar sportchi ishtirok etdi, final bosqichida 11 ta sport turi boʻyicha 3 mingdan ortiq sportchi 135 ta oltin, 134 ta kumush va 227 ta bronza medali uchun bellashdi.

Endilikda musobaqalarni yiliga 2 marta oʻtkazish va hududlarda 13-14 yosh toifasida tashkil etish, sport turlarining sonini bosqichma-bosqich 20 taga yetkazish topshirildi.

Shuningdek, oʻtgan yili Olimpiya shaharchasi va Milliy futbol markazi foydalanishga topshirilgani sport sohasida muhim tarixiy voqea sifatida qayd etildi. Hozirgi kunda Olimpiya shaharchasiga 17 ta olimpiya sport federatsiyasi va boshqa sport tashkilotlari koʻchib oʻtgan. Endi ushbu majmualar oʻzbek sportining milliy timsoli va yagona klasteriga aylanishi lozimligi taʼkidlandi.

Sport sohasini yanada rivojlantirishda ilmiy yondashuvni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, yuqori sport natijalariga erishish nafaqat infratuzilma va musobaqalar, balki sport fanining barcha yoʻnalishlarini tizimli rivojlantirish bilan bevosita bogʻliq.

Bu borada sport farmakologiyasi, diyetologiya, funksional va jismoniy tayyorgarlik, reabilitatsiya hamda yuklamalarni individual rejalashtirish boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish vazifalari belgilandi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, sport sohasidagi ilgʻor ishlanmalar va soʻnggi tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, milliy va xalqaro darajada ilmiy anjumanlar va konferensiyalar oʻtkazish orqali tajriba almashinuvini kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Shu bilan birga, sport sohasini rivojlantirishga xususiy sektor va investorlarni keng jalb etish, sport infratuzilmasi, tayyorgarlik markazlari va sport xizmatlari bozorida investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash kerakligi aytildi.

Yoshlarni ommaviy sportga jalb etishda sport maktablarining mahallalargacha kirib borishini taʼminlash, iqtidorli yoshlarni erta aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash tizimini mustahkamlash zarurligi alohida qayd etildi.

Joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro sport tadbirlari haqida axborot berildi.

Xususan, Butunjahon suzish federatsiyasi Ijroiya byurosi yigʻilishi, Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) yigʻilishi va xalqaro forum, shuningdek, Osiyo olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasiga mezbonlik qilish rejalashtirilgani qayd etildi.

Osiyo olimpiya kengashi 1982-yilda tashkil etilgan boʻlib, Osiyo qitʼasida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi va 45 mamlakat milliy olimpiya qoʻmitasi unga aʼzo hisoblanadi. Bosh assambleya doirasida Osiyo olimpiya harakatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda kengash prezidenti lavozimiga saylov oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Mazkur tadbirlarda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo olimpiya kengashi, WADA, xalqaro sport federatsiyalari rahbarlari hamda boshqa nufuzli sport tashkilotlari vakillari ishtirok etishi, jami 360 nafardan ortiq xorijiy mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu tadbirlarni yuksak saviyada oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrish boʻyicha topshiriq berdi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston kurash sport turlari boʻyicha mintaqada ham, jahon miqyosida ham barqaror va kuchli pozitsiyani egallamoqda. Endilikda bu sportni yanada ommalashtirish uchun Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi tashkil etilishi belgilandi.

Shuningdek, joriy yildan boshlab Prezident kubogi, “Oʻzbekiston botirlari” turniri, Bosh prokuror kubogi, harbiy xizmatchilar oʻrtasida kurash sport musobaqalari doimiy oʻtkazib boriladi. 2026-yilda hududlarda qurilayotgan maktablarda milliy kurash bilan birga yunon-rum, erkin va ayollar kurashi boʻyicha sportchilarni tayyorlash boshlanadi. Yil yakuniga qadar har bir tuman va shaharda kamida bittadan maktabda kurash sporti klublari ochiladi.

Davlatimiz rahbariga joriy yil Italiyada boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki boʻyicha ham axborot berildi.

Prezidentimiz belgilangan vazifalarni toʻliq va sifatli bajarish, sportni ommalashtirish hamda xalqaro maydonda barqaror natijalarga erishishni taʼminlash boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.


O‘zbekiston


														
														Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish tartibi tasdiqlandi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish tartibi tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan…
17:57 / 12.02.2026

														
														Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“11-fevralga o‘tar kechasi bortida yurtdoshlarimiz bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi”, deb xabar…
17:41 / 12.02.2026

														
														Toshkent va Andijonda yirik narkolaboratoriya fosh etildi

Toshkent va Andijonda yirik narkolaboratoriya fosh etildi

O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dastlab Toshkent viloyatining Zangiota tumanida oldindan kuzatu…
16:54 / 12.02.2026

														
														O‘zbekistonda 1-iyuldan “kvartplata” o‘z vaqtida to‘lanmasa, elektr to‘lovi qabul qilinmaydi

O‘zbekistonda 1-iyuldan “kvartplata” o‘z vaqtida to‘lanmasa, elektr to‘lovi qabul qilinmaydi

Hujjatda belgilanishicha, ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar har oy birinchi navbatda umumiy uy…
15:18 / 12.02.2026

														
														O‘zbekistonda 13-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekistonda 13-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mum…
14:22 / 12.02.2026

														
														O‘zbekistonda chiqindidan qarzdor qariyb 199 ming abonentning “svet”ga to‘lov qilishi cheklandi

O‘zbekistonda chiqindidan qarzdor qariyb 199 ming abonentning “svet”ga to‘lov qilishi cheklandi

O‘zbekistonda chiqindi xizmatidan qarzdor 198 ming 858 ta abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqd…
12:40 / 12.02.2026

														
														Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portlab, ikki kishi jarohat oldi

Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portlab, ikki kishi jarohat oldi

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyda kecha, 11-fevral kuni gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVB axborot…
10:23 / 12.02.2026

														
														Demokrat.uz rahbari va blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Demokrat.uz rahbari va blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Demokrat.uz internet nashri rahbari Fazlidinxon Mehmonov va bloger Aziz G‘oipnazarovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”,…
09:36 / 12.02.2026

														
														Farg‘onada 34 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Farg‘onada 34 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro rahbarlik qilgan, jami 34 kishidan iborat jinoiy guruh Farg‘ona va Toshkent sha…
09:18 / 12.02.2026

														
														Endilikda texnikumlarning ayrim o‘qituvchi va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi

Endilikda texnikumlarning ayrim o‘qituvchi va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi

Mazkur xarajatlar 2026-yilda vazirlikka ajratilgan mablag‘lar, 2027-yildan boshlab esa Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
17:49 / 11.02.2026

Bu ham qiziq

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szou Szyai boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szou Szyai boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekistonning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan strategik sherikligini kengaytirishning amaliy masalalari …
17:13 / 10.02.2026
12-fevral o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

12-fevral o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

12-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi.
14:12 / 11.02.2026
Endilikda texnikumlarning ayrim o‘qituvchi va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi

Endilikda texnikumlarning ayrim o‘qituvchi va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi

Mazkur xarajatlar 2026-yilda vazirlikka ajratilgan mablag‘lar, 2027-yildan boshlab esa Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
17:49 / 11.02.2026
Chinorkent — Amirsoy yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Chinorkent — Amirsoy yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Toshkent viloyatining tog‘li hududlari bo‘ylab qatnovni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Toshavtobustrans” kompaniyasi tomonidan 2…
15:31 / 11.02.2026
Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-fevral kuni imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o‘zgart…
15:51 / 12.02.2026
Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan talabalar ushlandi

Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan talabalar ushlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 18 yoshli qiz va 22 yoshli yigit uyini narkolaboratoriya aylantirganligi aniqlan…
13:03 / 11.02.2026
Sirdaryoda 600 ming dollar evaziga yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Sirdaryoda 600 ming dollar evaziga yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
08:29 / 11.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past migrantlarga patent berilmaydi

Rossiyada daromadi yashash minimumidan past migrantlarga patent berilmaydi

Rossiya hukumatning qonun loyihalari bo‘yicha komissiyasi 9-fevral kuni Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chora-ta…
09:00 / 11.02.2026
Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“11-fevralga o‘tar kechasi bortida yurtdoshlarimiz bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi”, deb xabar…
17:41 / 12.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!