Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida aka-uka 18 yoshli yigit bilan janjallashdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 27-sentyabr kuni soat 17:45 larda Sharof Rashidov tumani “Saraylik” MFYda sodir bo‘lgan. 1987-yilda tug‘ilgan Z.F.uning ukasi, 1991-yilda tug‘ilgan X.S. hamda shu 2006-yilda tug‘ilgan M.R.lar o‘zaro janjallashishib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda Z.F. “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning ukasi X.S. va fuqaro M.R. birinchi tibbiy yordam olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, yakunda aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi ham eslatib o‘tildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!