O‘zbekiston delegatsiyasi 31-yanvar kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Belarus Respublikasi raisligida o‘tgan yig‘ilishda Qozog‘iston Bosh vaziri O.Bektenov, Belarus Bosh vaziri R.Golovchenko, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi A.Kasimaliyev, Rossiya Hukumati raisi M.Mishustin, Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari M.Grigoryan, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi B.Sagintayev hamda YEOIIda kuzatuvchi-davlat sifatida Eron Birinchi vitse-prezidenti M.Aref va Kuba Bosh vaziri M.Krus (video murojaat orqali) hamda Ozarbayjon Bosh vaziri A.Asadov mehmon maqomida qatnashdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh vaziri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo sammitida ilgari surgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga hamda amalga oshirishga chaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!