$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Korrupsion holatga e’tiborsiz bo‘lgan tez tibbiy yordam xizmati mas’ullari ishdan olindi

09:52 / 11.01.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filialining kadrlar bo‘limi inspektori J.M. pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganilganda, J.M. 2022-yil 25-dekabr sanasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon hududiy filialining kadrlar bo‘limida inspektor sifatida ish boshlaganligi aniqlangan.

U joriy yil 7-yanvar kuni soat 13:00 lar atrofida Andijon shahrining Soy mahallasi hududidagi dorixona oldida fuqaroni ishga olib kirib qo‘yish evaziga undan 400 AQSh dollarini olayotgan paytda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Vazirlik tomonidan ushbu holat o‘rganilib, e’tiborsizligi oqibatida korrupsiyaviy holat sodir etilishiga sharoit yaratib berganligi, muassasa xodimlari o‘rtasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormaganligi uchun Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali direktori I. A. va kadrlar bo‘limi boshlig‘i E.X. egallab turgan lavozimidan ozod etildi”,– deyiladi xabarda.

Hozir mazkur voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikda…
19:18 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!