$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Kun tarixi: 17 noyabr — Talabalar kuni. Suvaysh kanali ochilgan, koronavirus ilk bor qayd etilgan kun

12:20 / 17.11.2021

Bugun dunyoda Butunjahon talabalar kuni nishonlanadi. Shuningdek, aynan mana shu sanada mashhur Suvaysh kanali ochilgan, koronavirus ilk marta rasman qayd etilgan.

Butunjahon talabalar kuni

17 noyabr sanasini Talabalar kuni deb eʼlon qilish taklifi 1946 yili butunjahon talabalar kongressida tasdiqlangan. Talabalar ushbu bayramni xursandchilik bilan nishonlashadi, ammo unga bogʻliq fojia haqida koʻpchilik bilmaydi. 1939 yilning 28 oktyabr kuni Chexoslovakiyaning Praga shahrida talabalar oʻqituvchilari bilan birga Chexoslovakiyaning taʼlim bayramini nishonlash uchun namoyishga chiqadilar. Ularni tarqatib yuborishadi, ammo toʻpolon vaqtida tibbiyot fakultetida tahsil oluvchi talaba Yan Opletal otib oʻldiriladi. 1939 yilning 15 noyabr kuni talabaning dafn marosimi boʻlib oʻtadi va marosim norozilik namoyishiga aylanib ketadi. 17 noyabr kuni talabalar yotoqxonasi oʻrab olinadi, 1200 nafardan ortiq talaba qoʻlga olinadi va Zaksenxauzen konslageriga olib ketiladi. Talabalarning toʻqqiz nafari Ruzine tumanida joylashgan qamoqxonada sudsiz qatl etiladi. Chexiyadagi barcha oliy oʻquv yurtlari urushning oxiriga qadar yopib qoʻyiladi. Talabalar kunini taʼsis etishga mana shu voqea asos boʻlgan.

Suvaysh kanali ochilgan kun

1869 yilning 17 noyabr sanasida Oʻrtayer dengizini Qizil dengiz bilan bogʻlovchi Suvaysh kanali ochiladi. Bu orqali dengizchilarning butun Afrikani aylanib kelishlariga hojat qolmaydi, ularning yoʻli 8 ming kilometrga qisqaradi. Kanalning ochilishi munosabati katta bayram uyushtiriladi. Tantana 7 kun davom etadi va ushbu bazm Misr sultoniga 28 million oltin frankka tushadi.

COVID-19 virusi ilk bor qayd etilgan kun

COVID-19 virusi 2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida avj oldi. Ammo, u ilk marta noyabr oyining 17-sanasida qayd etilgan edi. Xubey hududida yashovchi 55 yoshli fuqaro koronavirusga chalingan birinchi odam hisoblanadi. U 17 noyabr kuni shifokorga murojaat qilgan, shundan keyin har kuni bemorlar soni koʻpayib boravergan. Dekabr oyining oʻrtalarida ularning soni 30 taga yaqinlashib qolgan, 20 dekabr kuni esa koronavirusga chalingan bemorlar soni 60 dan oshgan edi.

2020 yilning 30 yanvar kuni JSST koronavirus epidemiyasi tufayli sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda holat eʼlon qiladi. 2020 yilning 11 mart sanasida esa pandemiya rasman tan olinadi.


Qiziqarli


														
														Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024

														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

Bu ham qiziq

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024
Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Bunday parallel haqiqatlar mavjudligini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim avstriyalik fizik Ervin Shredinger edi.
15:50 / 26.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024
Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

U buning uchun 3 hafta vaqt sarflagan.
10:18 / 26.04.2024
Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!