$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Kun tarixi: 19-yanvar – “Hindiston tarixini oʻzgartirgan ayol” – Indira Gandi bosh vazir etib saylangan kun

16:37 / 19.01.2022

Indira Gandi – mustaqil Hindistonning birinchi ayol bosh vaziri edi. Uning oilasi oʻz davrida Hindistonning Buyuk Britaniyadan mustaqil boʻlishi uchun qattiq kurash olib borgan. Indira Gandi mustaqil Hindistonning birinchi bosh vaziri – Javohirlal Neruning qizi boʻlgan. Siyosatchining bobosi Motilal Neru esa Hindiston milliy kongressi faxriylari va yetakchilaridan biri sanalgan.

Indira Gandi 1917-yilning 19-noyabr kuni dunyoga kelgan. Qizaloqning Maxatma Gandi bilan tanishuvi uning siyosiy qarashlarini tubdan oʻzgartirib yuborgan. Indira 8 yoshli vaqtlarida uydagi toʻqimachilikni rivojlantirish maqsadida bolalar uyushmasini tashkil qiladi. Indiraning ota-onasi uni har doim namoyishlarga birga olib borishgan. Boʻlgʻusi siyosatchi ana shunday muhitda ulgʻaygan.

Индира с отцом Джавахар Лал Неру

Indira Gandi 1934-yilda Hindiston Milliy universitetiga oʻqishga kiradi, ammo oradan ikki yil oʻtib, onasi vafot etadi, qiz esa oʻqishni tashlab, Yevropaga chiqib ketishga qaror qiladi. U Oksfordning Somerfels kollejiga oʻqishga kirib, bu yerda boshqaruv, tarix va antropologiyani oʻrganadi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng Indira vataniga qaytishga qaror qiladi. U Hindistonga Janubiy Afrika orqali qaytadi va aynan mana shu yerda oʻzining birinchi siyosiy nutqini soʻzlaydi.

Yosh Indira aynan shu yillari Feruz Gandi bilan oila quradi. Juftlik turli kastalarga mansub ekanliklari va boshqa-boshqa dinga eʼtiqod qilishlariga qaramay, turmush qurishadi. Tez orada yosh juftlik qamoqqa olinadi, boisi ularning mamlakat mustaqilligi uchun amalga oshirayotgan harakatlari noqonuniy hisoblanardi. Qamoqda oʻtkazilgan 8 oydan keyin Indira ozodlikka chiqariladi.

1947-yilning 15-avgust kuni Hindiston mustaqillikka erishadi. Indira Gandining otasi Javohirlal Neru yangi hukumat rahbari sifatida ish boshlaydi, Indira Gandi esa kotiba lavozimini egallaydi. U 1955-yilda Hindiston Milliy Kongressi ayollar tashkiloti rahbari sifatida ishga kirishadi.

1964 yilda Javohirlal Neru vafot etdi. Mamlakatning yangi bosh vaziri Lal Bahodir Shastri Indira Gandiga hukumatdagi muhim lavozimlardan birini ishonib topshirdi. Indira Gandi tez orada axborot va radioaloqa vaziri etib tayinlandi. Shastrining oʻlimidan keyin esa uning oʻrnini egalladi.

Indira Gandi 1966-yilning 19-yanvar kuni mamlakatning Bosh vaziri sifatida ishga kirishadi.

Gandi boshqaruvi paytida Hindistonda oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi 32 yoshdan 55 yoshgacha koʻtarilgan, nochorlikda yashovchi aholi ulushi 60 foizdan 40 foizga tushgan.

Indira Gandi bosh vazir lavozimiga ikkinchi marta saylanganida Hindistonning xalqaro sahnadagi oʻrnini mustahkamlash uchun kurashdi. Aynan mana shu vaqtlarda sikxlar bilan kelishmovchiliklar kuchayib ketdi. Ular mustaqil boʻlishni xohlashdi, bosh vazir esa bunga qarshi edi. 1980 yilda sikxlar Amritsardagi Oltin ibodatxonani qoʻlga olishdi. Hukumat ibodatxonani qaytarib oldi, shu maqsadda amalga oshirilgan “Moviy yulduz” operatsiyasida sikxlarning koʻplab yetakchilari oʻldirildi, tinch aholi vakillari ham halok boʻldi. Boʻlib oʻtgan hodisalardan keyin ham Indira Gandi sikxlardan iborat boʻlgan tansoqchilarini ishdan boʻshatib yubormadi.

1984-yilning 31-oktyabr kuni Indira Gandi intervyu berish uchun yoʻlga otlana turib, semiz koʻrinmaslik uchun koʻylak tagidan bronjilet kiyishni istamadi. Siyosatchi aynan mana shu kuni oʻzining tansoqchilari tomonidan otib oʻldirildi. Sikxlar uni yoʻq qilish orqali hukumatdan qasos oldilar.

Indira Gandining oʻlimidan keyin sikxlarni ommaviy taʼqib qilish boshlandi. Bir necha kun ichida 3 mingdan ortiq odam oʻldirildi, sikxlarning ibodatxonalari yoqib yuborildi. Tartibsizliklar va qirgʻinbarot Indira Gandining oʻgʻli Rajiv Gandi aholini qasos olish fikridan qaytishga undab chiqish qilganidan keyingina tugadi.


Qiziqarli


														
														Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024

														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

Bu ham qiziq

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

2022-yil fevral oyida nafaqaxo‘r COVID-19’ning Omikron shtammini yuqtirib olgan.
15:41 / 26.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Bu izlar "o‘rgimchak" deb nomlandi.
12:07 / 26.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!