$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

Kun tarixi: 5-yanvar – Erida karlik sayyorasi kashf etilgan kun

10:02 / 05.01.2022

Erida karlik sayyorasi 2005-yilning 5-yanvar kuni amerikalik astronomlar Maykl Braun, Devid Rabinovis va Chedvik Truxilyo tomonidan kashf etilgan. Bu haqidagi rasmiy bayonot 2005 yilning 29 iyul sanasida eʼlon qilingan.

-  Erida karlik sayyoralar (aniqrogʻi, ushbu maqomga ega boʻlgan kichik sayyoralar) orasidagi Quyoshdan eng uzoq joylashgan obyekt hisoblanadi. Undan uzoq masofada ham karlik sayyora maqomini olishi mumkin boʻlgan samoviy jismlar yetarlicha, ularga ham tez orada rasmiy maqom berilsa ajab emas.

-  Erida 2006-yilga qadar Quyosh tizimidagi oʻninchi sayyora maqomini olishga daʼvogarlik qilgan. Ammo, Pluton sayyoralar safidan chiqarilgach, Erida ham ushbu imkoniyatdan mahrum boʻlgan.

-  Erida oʻlcham jihatidan Plutondan birozgina ortda qoladi xolos, uning diametri Plutonga nisbatan 50 kilometrga kichikroq. Shunga qaramasdan, karlik sayyoralar ichidagi eng ogʻiri Erida hisoblanadi.

-  Eridaning diametri 2326 kilometrga teng. Uning oʻlchami Quyoshga eng yaqin joylashgan karlik sayyora – Sereraning diametridan 2,5 martaga kattaroqdir.

-  Eridada mavsumlar almashinuvi tushunchasi bor yoki yoʻqligi haligacha aniqlanmagan.

-  Ushbu mitti sayyoradagi bir kun 25 soat-u 54 daqiqaga teng keladi.

-  Erida mitti sayyorasidagi oʻrtacha harorat -253 darajani tashkil qiladi. U Quyoshga yaqinlashgan vaqtda biroz isiydi, ammo shunda ham sayyora yuzasidagi harorat -230 darajadan oshmaydi.

-  Ayni vaqtda Erida karlik sayyorasida atmosfera mavjud emas. U Quyoshga yaqinlashgan vaqtda Erida yuzasidagi muz qatlami bugʻ koʻrinishiga kiradi, Quyoshdan uzoqlasha boshlashi bilan bugʻ qaytadan muz koʻrinishini oladi.

-  Eridaning yuzasi qor bilan qoplangan, shu tufayli qor yorugʻlikning 96 foizini ortga qaytaradi. Shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, ushbu sayyoradagi qor suvdan emas, muzlagan metandan iborat.

-  Mitti sayyoraga qadimgi yunon ilohi sharafiga Erida deb nom berilgan. Uning yoʻldoshi esa Disnomiy deb ataladi. Disnomiy qadimgi yunon mifologiyasida Eridaning qizi boʻlgan.

-  Karlik sayyora endigina kashf etilgan vaqtlarda 2003 UB deb atalgan.

-  Erida kashf etilganidan keyin astronomlar arxiv suratlarni koʻzdan kechirib, Eridani avval olingan suratlarda ham koʻrishgan. Maʼlum boʻlishicha, olimlar uni 1954-yildayoq oʻzlari bilmagan holatda kashf etishgan, ammo uning qanday samoviy jism ekanligini tushunib yetishmagan.


Qiziqarli


														
														Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024

														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

Bu ham qiziq

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024
Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Bu izlar "o‘rgimchak" deb nomlandi.
12:07 / 26.04.2024
Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024
Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024
Xarizma nima?

Xarizma nima?

Xarizma 2023-yilda internet olamida eng ko‘p ishlatilgan termin hisoblanadi.
15:57 / 26.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024
Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!