$
12360.86 UZS
5.72
145.66 UZS
-2.82
14479.51 UZS
-60.02
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

12:26 / 08.12.2021

1917-yilda Rossiyada roʻy bergan inqilobiy oʻzgarishlar Oʻrta Osiyo xalqlari tarixiga ham bevosita taʼsir koʻrsatdi. Tez orada Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari, keyinchalik milliy respublikalar tuzildi. Ushbu respublikalarning har birida oʻz konstitutsiyalari boʻlgan.

1918-yilning 15-oktyabr kuni Turkiston ASSRda konstitutsiya qabul qilindi.

Turkiston ASSR konstitutsiyasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ekanligi, u oʻz tarkibiga boshqa davlat tuzilmalarini qabul qilishi va ularni oʻz tarkibidan chiqarishi, qonunlar qabul qilish huquqlari va boshqa davlatlar bilan xalqaro aloqalar oʻrnatish, moliyaviy ishlarni oʻzi hal etish kabi huquqlari belgilab qoʻyilgandi. Bu vaqtda Turkiston ASSRga boshqa sohalarda ham keng vakolatlar berilgan boʻlib, Rossiyadagi fuqarolar urushi sababli Turkiston bilan aloqalar koʻngildagidek yoʻlga qoʻyilmay qolgan, shu sababli konstitutsiya tuzilishi avtonom respublika tushunchasiga toʻgʻri kelmasdi.

1920-yilning 30-aprel kuni Xorazm xonligi oʻrnida tashkil topgan Xorazm XSRda birinchi konstitutsiya qabul qilinadi. U 13 ta bob va 37 ta moddadan iborat boʻlgan.

Ushbu konstitutsiyada xon va uning yaqinlariga tegishi mulklar davlat mulki deb eʼlon qilingan, pul bilan erkin muomala qilish huquqi cheksiz deb belgilangan, ishlab chiqarish vositalaridan xususiy mulk sifatida foydalanishga ruxsat berilgan.

1923-yilning 20-oktyabr kuni Xorazmda ikkinchi konstitutsiya qabul qilindi. Unda avvalgi konstitutsiyaga maʼlum oʻzgartirishlar kiritilgan, saylovda qatnashish huquqi tartib-qoidalari belgilab berilgandi. Ishlamasdan birovlarning kuchidan foydalanayotganlar, dallollar, ishlamay pul topayotganlar, ruhoniylar va hokazolar saylash hamda saylanish huquqidan mahrum qilingan.

1921-yilning sentyabr oyida Buxoro XSR konstitutsiyasi qabul qilindi. U bilan fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklari qonuniy yoʻl bilan mustahkamlab qoʻyilgan, davlatni boshqarishda barcha tabaqa vakillarining ishtirok etishi taʼminlangan.

1924-yilda amaldagi uchta Respublika tugatilgan, ularning hududlari boʻlib yuborilgan. Bu esa oʻz navbatida ularning konstitutsiyalari ham bekor boʻlishiga olib kelgan.

Yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR tarixidagi birinchi konstitutsiya loyihasi 1927-yil 27-31-mart kunlari tasdiqlangan. Oʻzbekistondagi barcha tabiiy boyliklar, zavod va fabrikalar davlat mulki deb eʼlon qilingan.

1937-yilning 14-fevral kuni Oʻzbekiston SSRning ikkinchi konstitutsiyasi qabul qilingan. U SSSRning 1936-yilda qabul qilingan konstitutsiyasini soʻzma-soʻz takrorlagan.

1978-yilda OʻzSSRning uchinchi konstitutsiyasi qabul qilinadi. OʻzSSR Oliy Sovet Prezidiumi tomonidan 15-aprel kuni Oliy Sovet sessiyasida konstitutsiya loyihasi SSSRning 1977-yil 7-oktyabrida amalga kiritilgan konstitutsiyasiga mosligi muhokama qilinib, ayrim moddalariga oʻzgartirishlar kiritilgan va 19-aprel kuni qabul qilingan.

Mustaqil Oʻzbekiston konstitutsiyasi 1992-yilning 8-dekabr kuni XII chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan. U 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat.


Qiziqarli


														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

Bu ham qiziq

DXX: Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 5,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

DXX: Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 5,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
09:15 / 10.09.2025
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

Bu islohot loyihasi pensiyaning minimal yoshini oshirishni nazarda tutadi
14:33 / 10.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov …
19:50 / 10.09.2025
Tramp YeIni Xitoy va Hindiston mahsulotlariga 100 foizgacha boj qo‘yishga chaqirdi

Tramp YeIni Xitoy va Hindiston mahsulotlariga 100 foizgacha boj qo‘yishga chaqirdi

Donald Tramp bunday chora Rossiyani Ukraina bilan urushni to‘xtatishga majbur qilishini ta’kidlagan.
21:12 / 10.09.2025
10-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 09.09.2025
Endilikda ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Endilikda ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Prezidentning Xitoyga tashrifi davomida loyihalar uchun xitoy tilini biladigan kadrlar kerakligi ta’kidlangan
10:41 / 10.09.2025
Toshkentda ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilda farzandini hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga tashlab yuborgan ona ham shu ayol bo‘lgan
22:47 / 09.09.2025
Shavkat Mirziyoyev tinchlik mukofotiga nomzod deb e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev tinchlik mukofotiga nomzod deb e’lon qilindi

Xalqaro tinchlik mukofotini rasman topshirish marosimi yaqin orada e’lon qilinadi
11:21 / 10.09.2025
Raqobat qo‘mitasi murojaat asosida “Uzum market” MCHJga chiqargan qarorini o‘zgartirishsiz qoldirdi

Raqobat qo‘mitasi murojaat asosida “Uzum market” MCHJga chiqargan qarorini o‘zgartirishsiz qoldirdi

Yetkazilgan zararni iste’molchilarga, imkon bo‘lmaganda esa, davlat byudjetiga qaytarish belgilandi
16:57 / 10.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!