$
11839.59 UZS
6.22
140.42 UZS
0.63
13569.35 UZS
-8.26
31° Kechasi 18°

Markaziy bankning “yillik asosiy stavka” siyosati O‘zbekistonda o‘zini oqlayaptimi?

10:18 / 18.03.2022

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda dollar kursi o‘sib bormoqda. Bugun Markaziy bank asosiy stavkani yillik 17 foiz etib belgiladi.

Xo‘sh, asosiy stavkani yillik 17 foiz etib belgilash nimani bildiradi? Bu o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan qadrsizlanishiga qanchalik taʼsir qiladi?

Shu kabi savollar bilan sobiq moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy tahlilchi Abdulla Abduqodirovga yuzlandik.

– Hafta boshidan buyon sakrayotgan dollar kursi va bugun Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan asosiy stavkani yillik 17 foiz etib belgilanishi nimani bildiradi?

– Bizda Markaziy bankning o‘zi belgilagan siyosati bor. Bu siyosat 2019 yilda belgilangan bo‘lib, bundan maqsad inflyatsiyaning darajasini belgilangan parametr doirasida ushlab borish. Bu siyosat qaysidir mamlakatlarda o‘zini oqlagan. Lekin bu siyosat O‘zbekistonda o‘zini hech qachon oqlamaydi. Hatto, iqtisodchilarning bir qismi bu siyosatga qarshi. Jumladan, shaxsan men ham qarshiman. Chunki bizdagi inflyatsiya monetar sabablarga bog‘liq emas. Nomonetar sabablarga bog‘liq bo‘lgan inflyatsiya darajasini monetar yo‘llar bilan tushirishga harakat qilish butunlay noto‘g‘ri siyosat deb qarayman.

Ikki kundan beri o‘zbek so‘mini dollarga nisbatan qadrsizlantirish orqali Markaziy bank notinchlikka yo‘l qo‘ymoqda. Bu qilinayotgan ish tadbirkorlarga nisbatan manfiy ahamiyatga ega.

Dollar kursini o‘zbek so‘miga nisbatan oshirish masalasiga to‘xtalsak. 2017 yildan beri ko‘pgina tadbirkorlarga katta-katta summalarda dollarda kreditlar berilgan. Chunki dollar stavkalari bilan kredit foizlari o‘rtasida taxminan uch barobar farq bo‘lgan. Baʼzan tadbirkorlarga banklar bizda so‘m yo‘q, dollar oling, buni stavkasi yaxshi deb tiqishtirib bergan. Shundan so‘ng ko‘plab tadbirkorlar dollarda kredit olishga majbur bo‘lgan. Bunday korxonalar Respublika darajasida mingdan oshiq. Ular texnika sotib olgan va baʼzilari bu pullarni korxonaning aylanma xarajatlari uchun ishlatishga majbur bo‘lgan. O‘sha vaqtda ular o‘zbek so‘mining bu darajada qadrsizlanishini hisobga olmagan.

O‘tgan uch yillikda o‘zbek so‘mining devalvatsiya darajasi bilan ikki kunlik devalvatsiya darajasi bir xil. Buni qanday qilib tadbirkorlik subyekti ko‘tara oladi? Ertaga dollarda kredit olgan odamlar olib kelgan mahsulotini shu narxda sota olmaydi-ku. Agar mahsulot narxlari ko‘tarilsa, bozor shunga yarasha sotib olmaydi. O‘ylaymanki, bu ishlar shoshma-shosharlik bilan qilinyapti. Chunki bir hafta davomida hech qaysi tadbirkor mahsulot narxini sakkiz foizga ko‘tarolmaydi. Agar dollar shu darajada o‘sishda davom etsa, import bilan bog‘liq barcha narsaning narxi keskin oshib ketadi.

Agar import strukturasiga qaraydigan bo‘lsak, bizda import hajmi eksportimizdan taxmiman 4-5 milliardga ko‘p. Yomon tomoni, so‘mning inflyatsiyasi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan 10-15 foiz tadbirkorlarning zimmasiga tushadi. Bu juda ham noto‘g‘ri.

– Bu O‘zbek so‘mining dollarga nisbatan qadrsizlanishiga qanchalik taʼsir qiladi?

– Bugungi kunda o‘zbek so‘mining qadrsizlanishi Markaziy bank qarori bilan amalga oshirilmoqda. Bozorda dollarga bunday talab yo‘q. Buni tagida iqtisodiy omillar yo‘q. Bu ketishda dollarga nisbatan so‘mning qadrsizlanishi davom etadi va bozorda vahima boshlanadi. Krizis menejmentda bunday qilinmaydi. Krizis menejmentda birinchi galda vahimaga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Markaziy bank bu ishlari bilan vahimaga yo‘l ochib beryapti.


Bu ham qiziq

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026
Aktrisa Yodgora Ziyomuhammedova vafot etdi.

Aktrisa Yodgora Ziyomuhammedova vafot etdi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino san’atining taniqli vakili Yodgora Ziyomuhammedova 74 yos…
08:26 / 18.09.2026
18-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

18-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-…
17:15 / 17.09.2026
Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas…
09:11 / 18.09.2026
Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gashishni qabul qilib …
11:20 / 20.09.2026
O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda 22-sentabr kuni biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeor…
16:36 / 21.09.2026
Surxondaryoda talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming dollarga sotishga urindi

Surxondaryoda talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming dollarga sotishga urindi

Surxondaryo viloyatida universitetning uchinchi bosqichida tahsil olayotgan talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming doll…
15:56 / 21.09.2026
Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
10:22 / 20.09.2026
Madaniy meros agentligi Alisher Qodirov bayonotlariga munosabat bildirdi

Madaniy meros agentligi Alisher Qodirov bayonotlariga munosabat bildirdi

Madaniy meros agentligi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirovning agentlik faoliyati, ayrim madaniy …
15:19 / 21.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!