$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

14:19 / 30.05.2026

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan e’tiboran kafe, restoran va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga xodimlarni qisqa muddatga, jumladan bir kunlik yoki bir haftalik ishga rasmiy tarzda jalb qilish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasidagi ish beruvchilar ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining maxsus mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Yangi doirasida xodimni ishga qabul qilish va unga mehnat haqini to‘lash jarayonlari bir kunning o‘zida amalga oshiriladi. Bu esa asosan kunlik yoki qisqa muddatli ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori bo‘lgan kafe, restoran, mehmonxona va turizm sohasi subyektlari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdievning ta’kidlashicha, mazkur tartib amaldagi mehnat munosabatlarini sohaning real ehtiyojlariga moslashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida faoliyat yurituvchi ko‘plab korxonalarda xodimlar qisqa muddatlarga jalb qilinadi, ammo amaldagi tartib-taomillar bu jarayonda muayyan muammolarni keltirib chiqargan edi.

Mazkur masala joriy yilning 21-aprel kuni umumiy ovqatlanish va gastronomiya sohasidagi tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida ham muhokama qilingan. Uchrashuv qatnashchilari mehnat qonunchiligidagi mavjud tartiblar sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq inobatga olmayotganini bildirgan.

Shu vaqtgacha amal qilib kelgan qoidalarga muvofiq, davlat tashkilotlari hamda xususiy sektor subyektlari uchun ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi deyarli bir xil hisoblangan. Yangi tartib esa mehnat bozorida keng tarqalgan mavsumiy va qisqa muddatli bandlik shakllarini huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston

														34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 kilogrammda…
11:57 / 12.06.2026

														Bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan taqdimotda voyaga yetmaganlarga avtomobil boshqarishga ruxsat berilishi bi…
08:24 / 12.06.2026

														Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRIHavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gac…
17:41 / 11.06.2026

														“O‘tkan kunlar” sahnasi jonlangan maskan

“O‘tkan kunlar” sahnasi jonlangan maskan

Marg‘ilon shahrida barpo etilgan “Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi” Farg‘ona vodiysidagi eng yirik …
17:35 / 11.06.2026

														O‘zbekistonda 17 mingta eski uy renovatsiya qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 17 mingta eski uy renovatsiya qilinishi mumkin

1991-yilgacha qurilgan 17 mingta turar joyni renovatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun renovatsiya jarayonlarini t…
17:15 / 11.06.2026

														O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi takliflar taqd…
16:05 / 11.06.2026

														Jizzaxdagi attraksion qulab tushdi, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi

Jizzaxdagi attraksion qulab tushdi, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi

10-iyun kuni soat taxminan 22:00 da Jizzax shahridagi O‘rda ekologik madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan, “Niyatjon ni…
15:37 / 11.06.2026

														3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida oilaviy nodavlat bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi sababli 3 yoshli tarbiyalanu…
12:44 / 11.06.2026

														“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

Fransiyadagi mashhur Provans dalalarini ko‘rish uchun endi minglab kilometr yo‘l bosish shart emas.
12:42 / 11.06.2026

														Jurnalistlar surishtiruvlari ortidan 159 milliard so‘mlik qonunbuzilishlar fosh etildi

Jurnalistlar surishtiruvlari ortidan 159 milliard so‘mlik qonunbuzilishlar fosh etildi

O‘zbekistonda jurnalistlar va blogerlar tomonidan e’lon qilingan materiallar asosida 2026-yilning dastlabki besh oyida qiyma…
12:05 / 11.06.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekiston xalqaro sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyo TOP-5 talikka kirdi

O‘zbekiston xalqaro sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyo TOP-5 talikka kirdi

BMTning Turizm tashkiloti tomonidan 2026-yil may oyida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston xorijiy sayyohlar oqimi o…
12:14 / 10.06.2026
Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan
17:45 / 10.06.2026
11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14:52 / 10.06.2026
Firibgarlikda ayblanib, Moldovada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib, Moldovada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Moldova poytaxti Kishinyov shahrida qo‘lga olinib, ekstraditsiya tartibida O‘…
12:12 / 11.06.2026
O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi takliflar taqd…
16:05 / 11.06.2026
Qarshida huquq faoli qiynoqqa uchragani aytilmoqda

Qarshida huquq faoli qiynoqqa uchragani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida huquq faoli Javohir Mo‘minovga nisbatan qiynoq qo‘llangani haqida da’volar yangradi…
09:23 / 11.06.2026
3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida oilaviy nodavlat bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi sababli 3 yoshli tarbiyalanu…
12:44 / 11.06.2026
Toshkentda temiryo‘lchi kanalda oqib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

Toshkentda temiryo‘lchi kanalda oqib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

9-iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida temiryo‘l korxonasi xodimi kanal oqimiga tushib ketgan qizning hayotini saq…
14:56 / 10.06.2026
Korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi: profilaktika inspektorlari ushlandi

Korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi: profilaktika inspektorlari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sama…
12:00 / 11.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!