Qo‘shma Shtatlar Eron bilan urushda yordam berishdan bosh tortgani uchun Germaniyadan ba’zi qo‘shinlarini olib chiqadi, deb xabar beradi The New York Times.
“Amerikaliklar bu chora Germaniyaning harbiy kampaniyada yetarlicha yordam bermagani, shuningdek, Tramp strategiyasini Germaniya rasmiylari tomonidan eng yuqori darajada tanqid qilingani uchun jazo sifatida mo‘ljallanganini ochiqchasiga aytishdi”, – deyiladi maqolada.
Oq uy rahbari payshanba kuni Germaniyadagi harbiy kuchlar sonini qisqartirish mumkinligini e’lon qildi. Ikki kun oldin u kansler Fridrix Mertsni Eronga nisbatan pozitsiyasi uchun qattiq tanqid qilib, u nima haqida gapirayotganini umuman tushunmasligini da’vo qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!