$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Mehmonxonalarga “yulduz” olish bo‘yicha yangi davlat standarti qabul qilindi

17:06 / 31.08.2023

Yulduz toifasiga ega mehmonxonalarga doir talablarni belgilaydigan davlat standarti qabul qilindi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, shu yilning 1-oktabrga qadar xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda kamida 50 ta mehmonxonaga "to‘rt yulduz" va 200 tasiga "uch yulduz" olib berish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan.
 
Shu bois Turizm qo‘mitasi tomonidan turizm sohasi ilg‘or rivojlangan davlatlarning mehmonхonalarga yulduz toifasini belgilovchi hujjatlarining talablari o‘rganildi.

“O‘rganish natijasida, amaldagi davlat standarti talablari qayta ko‘rib chiqildi va balli tasniflash orqali yulduz toifasini beruvchi yangi standart loyihasi O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqildi. Yangi davlat standartiga kiritilgan talablar "Hilton", "Hampton by Hilton", "Hyatt Regency Tashkent", "Wyndham Hotels & Resorts" mehmonxonalari biznes vakillari va boshqa mehmonxona vakillari bilan kelishildi”, - deyiladi xabarda.

Turizm qo‘mitasi qoshidagi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan O‘z DSt 3296:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” davlat standarti ishlab chiqildi.

"O‘z DSt 3296:2023 davlat standarti mehmonxonalarni balli asosda tasniflash tizimini belgilaydi. Toifalar “*” (yulduz) belgisi bilan belgilanadi va beshta toifa bo‘yicha tasniflanadi. Joylashtirish vositalari uchun – eng yuqori toifa “*****” (besh yulduz) va eng past “*” (bitta yulduz) hisoblanadi", - deyiladi xabarda.

Endilikda joylashtirish vositalari mazkur davlat standartining ilovasiga muvofiq tasniflanadi. Bunda “m” bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni belgilaydi. Majburiy bo‘lmagan talablar bajarilganda esa qo‘shimcha ball beriladi. Ballar yig‘indisiga ko‘ra tegishli yulduz toifasi beriladi.
 
Misol uchun, barcha toifa mehmonxonalar uchun tozalik va gigiyena qoidalariga amal qilinish, fasad, balkonlar, lodjiyalarning sifati va holati tashqi nuqsonlarsiz, fasadning oldinga chiqqan elementlari yorilmagan, buzilmagan, shikastlanmagan, metall konstruksiyalarning bir-biri bilan payvandlangan joylari zang dog‘larisiz bo‘lishi majburiy hisoblanadi.
 
Avtoturargoh, avtomobillar va avtobus to‘xtab turish imkoniyati mavjud bo‘lsa 3 ball beriladi. Avtomobillar uchun o‘ziga o‘zi xizmat qiluvchi yuvish postining mavjudligi uchun 5 ball belgilangan.
 
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun o‘rindiqli elektron aravacha bo‘lishi majburiy emas, lekin agar u mavjud bo‘lsa u holda mehmonxona 3 balga ega bo‘ladi.
 
Mazkur davlat standarti joriy yilning 7-noyabridan amalga joriy etiladi. Yangi davlat standarti amalga joriy etilgan sanadan O‘z DSt 3296:2018 davlat standarti o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi.

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

“9-may kuni bo‘lib o‘tadigan g‘alaba paradida faxriy mehmonlar orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bo‘ladi…
08:23 / 07.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish ayollarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi

Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish ayollarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi

Bu bo‘yicha olimlar talaba qizlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi.
09:45 / 07.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19:35 / 07.05.2024
“Yuqoriga” multfilmidagi uchar uy ijaraga berilmoqda

“Yuqoriga” multfilmidagi uchar uy ijaraga berilmoqda

Bir kunlik ijara haqi bir kishi uchun o‘rtacha 100 dollarni tashkil qiladi.
12:03 / 07.05.2024
Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Qurbonlarning to‘rt nafari bolalar, jumladan, olti oylik chaqaloq ham bor.
17:04 / 06.05.2024
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:47 / 07.05.2024
Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Bu haqda Sadir Japarov ma’lum qilgan.
12:22 / 07.05.2024
Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Ular mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha muammolar to‘plamini muhokama qilgan.
12:48 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!