$
11989.46 UZS
29.28
149.48 UZS
-0.94
13815.45 UZS
54.07
31° Kechasi 18°

“Milliy gʻoya 25 yil insonlarga hech narsa bermadi” – professor Viktor Alimasov

15:03 / 21.06.2022

Oʻrta asrda yashagan buyuk arab faylasufi Al Kindiy “falsafaning dushmanlari ham falsafaga muhtojdirlar” degan edi. Assalom Alaykum aziz kuzatuvchilar siz bugun xabardor.uzʼning intervyu dasturini tomosha qilmoqdasiz. Bugun sizni falsafiy suhbatga taklif qilamiz. Sababi bugungi mehmonimiz falsafa fanlari doktori, professor Viktor Alimasov boʻladilar.

Suhbatni quyidagi havola orqali kirib ko'rishingiz mumkin.

— Falsafa insonga nima uchun kerak u nima beradi?

— Falsafa insonga hech nima bermaydi, inson falsafadan olishi kerak. Agar inson haqiqatdan ham fikrlashni, biror narsani yaratishni istaydigan boʻlsa, buni falsafadan oladi. Falsafa – bu hayot degani. Hayotdan olingan gʻoya insonni boyitadi. Falsafa mana meni ol demaydi. Insonning qalbi borliqqa qanday dur savollar bilan murojaat qiladi.

— Inson falsafadan nimalarni oladi?

— Meni yaxshi koʻrgan faylasuflarimdan biri “barcha insonlar faylasufdir”, degan edi. Chunki hayot toʻgʻrisida, ezgulik, mehr-muhabbat, borliq, adolat toʻgʻrisida oʻylamaydigan odamning oʻzi yoʻq. Biz nima uchun adolat toʻgʻrisida koʻp gapiramiz? Nima uchun deganda yon atrofimizda boʻlayotgan voqealarning hammasi ijtimoiy tenglik nuqtai nazaridan tashkil etilishini istaymiz. Insonlar har doim eʼtiqod uchun, adolat uchun kurashib keladi. Demak, ularning qalbida falsafiy masalalar yotadi. Hayotning oʻzi shu nuqtai nazardan insonni faylasuf qilib yuboradi.

— Falsafa oʻzi nima?

— Menning nuqtai nazarimda falsafa fikr izlash sanʼati. Inson falsafaga yaqinlashgan sayin yangi bir fikrni aytgisi, betakror fikri bilan tafakkur olamga nimadir qoʻshgisi keladi. Betakror fikr izlagan inson professional faylasufga aylanadi. Agar har kungi ezgulik haqida gapiraversa, u oddiy faylasuf. Hamma ham bunday oʻylayvermaydi. Nima uchun deganda odam koʻpincha turmush bilan band boʻladi.

Karl Marks juda ham qashshoq yashagan. Ikki-uch farzandi vafot etgan. Shunda unga doʻsti Fridrix Engels Angliyadan unga xat yozadi. Marks Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi “Nyus” gazetasiga bitta maqola yozmaysanmi? Ana shu maqola seni bir oy boqadi. Bu sening uchun bir soat muammo deydi. Shunda Karl Marks doʻstiga javob yozadi:

“Frixdrix men insoniyat toʻgʻrisida shunaqangi fikrlar bilan yashayabmanki, hattoki ochlik-qashshoqlik meni unchalik qoʻrqitmayapti. Men insoniyatning kelajagi haqida yozayapman”

Mana shu paytda u “Kapital” asarini yozayotgan boʻladi.

— Rim faylasufi Seneka “inson haqiqiy erkin boʻlishi uchun falsafaga mutelarcha ergashib yashasin”, degan ekan. Bizni jamiyatimiz ham erkin fikrlashga harakat qilmoqda. Erkin fikrlash uchun esa falsafaga tayanish kerak. Lekin bizni jamiyat qanchalik falsafaga tayanyapti?

– Oʻzining hayoti, borliq haqida oʻylaydigan inson albatta oʻzining gʻoyasiga Marks dek ishonib yashashi kerak. Goʻyoki yon atrofda hech narsa yoʻq, faqat u izlayotgan haqiqat bor. Ana shu haqiqatni topishga oʻzining umrini fido qiladigan inson chin faylasuf. Shu nuqtayi nazardan men Senekaning gapiga qoʻshilaman. Lekin bizni davrimizda unday insonlarni topish amiri-mahol. Nima uchun deganda, biz gʻoyaga berilolmaymiz. Gʻoya bizni oʻz ketidan ergashtirishi mumkin. Bizni koʻproq kundalik ehtiyojlar, manfaatlar oʻz ortidan ergashtiradi. Amerika va Gʻarb liberal demokratiyasi progmatizimga asoslangan. Progmatizim bu – naf koʻrish degani. Esimda bor Lelingradda oʻqib yurgan vaqtlarimda, Avstriyada bir uyni atrofini talaba juda chiroyli qilib taʼmirlab qoʻyibdi. Men shunda qiziqib “bu talaba oʻqiydimi yoki ishlaydimi” deb soʻradim. Bilsam u talaba ham oʻqib, ham ishlar ekan. Qarang talaba ham ishlayapti, ham kontrakt uchun pul topayapti. Bizni talabalarimiz-chi? Ota-onasi 40 yoshga toʻlgungacha boqadi.

— Hozirgi kunda barcha oliy taʼlim massalarida falsafa kursi oʻtiladi. Lekin eng katta muammo koʻplab talabalar bu kursni tushunmaydi. Buning sababi nimada? Yaxshi mutaxassisning yetishmasligidami yoki falsafaning mavhumligida?

— Olimlarning aytishiga qaraganda, qiyin fan yoʻq, qiyin tushuntiradigan ustoz bor. Goho bu ustozning oʻzi ham tushunmasligi ham mumkin. 5-10 yildan soʻng “bu narsa mana bunday ekan”, degan fikr uning xayoliga kelib qoladi. Bu hayotda bor narsa. Nima uchun deganda falsafadagi eng mujmal, siyqasi chiqib ketgan, taftalogiya juda koʻpki odamning gʻashiga tegadi. Falsafa uchun soʻfi boʻlish kerak. Yaʼni oʻtirib, oʻzining gʻoyalari haqida oʻylaydigan odamgina biror narsaning tagiga yetadi. Falsafani tushunish uchun metafizik mushohada kerak. Metafizik mushohadaga berilmaydigan inson falsafani tushunmaydi. Metafizik mushohada transcendental harakatga ega. Transcendental bu rotsinal harakat. Yaʼni xudoga yaqin narsa. Buni esa koʻpchilik tushunavermaydi. Ayniqsa yoshlar.

— Bizga Oliygohda falsafa bir kurs oʻqitilgan. Falsafani tushuntirish uchun bir kurs yetarli emas, bu kursni toʻrt yil oʻqitish kerak emasmi?

— Yoʻq men unday deb oʻylamayman. Nima uchun deganda, Falsafani faqat kitob oʻqish bilan oʻrganib boʻlmaydi. Chunki falsafaning boshqa qonunlari bor. Bu qonunlar insonni hayot haqida, borliq haqida oʻylashga majbur qiladi. Sizni oʻtadigan darslaringiz sizga u haqida oʻrgatmaydi. Men yaxshi koʻradigan faylasuflardan biri Mamardashvili “Faylasuf boʻlish uchun falsafa fakultetiga borish shart emas, uning uchun faylasufning oldiga borish kerak”, degan edi. Haqiqatdan ham Platon qanday qilib faylasuf boʻlib qoladi? Suqrotning ketidan ergashib faylasuf boʻldi. Chunki Suqrotning fikrlash sanʼati Platonni oʻziga jalb qilib qoʻyadi. Shu navbatda Platonning shogirdlari ham shunday edi.

— Odamlar orasida “falsafa chuqur ketib boʻlmaydi. Falsafaga chuqur kirib ketsang xudoni rad etasan”, degan gaplarni eshib qolamiz. Siz bunga qanday fikr bildirasiz?

— Toʻgʻri fikr! Hech narsani chuqur oʻrganmaslik kerak. Shundan koʻngling qoladi. Men 367-betdan iborat boʻlgan “Odam”, degan kitob yozganman. Kitobimning oxirida shunday xulosaga keldimki, odamni oʻrganmaslik kerak ekan, odamni oʻrgangan saring undan koʻngling qolarkan. Hayot ham shunday. Qanchalik koʻp oʻrgansang, shunchalik koʻngling qoladi. Maksim Goʻrkiy bir hikoyasida “ey polvon hayot haqidagi oʻylardan qochgin, ular haqida oʻylaydigan boʻlsang koʻngling qoladi”, deydi. Haqiqatdan ham hayotdan koʻngling qolmasligi uchun u haqidagi mulohazalardan qochib yashash kerak. Hayotning tagiga yetolmaysiz. Tagiga yetgan kuningiz … 

— Umuman insonni yoki jamiyatni erkin fikrlashga qanday oʻrgatish mumkin va buning uchun nimalar qilish kerak?

—  Men 70–80-yillarni va mustaqillik davrini yaxshi bilaman. Bugun jamiyatimizda tronformatsiya nihoyatda kuchli. Yaqinda “Yangi Oʻzbekiston” gazetasida bir hamkasbimning maqolasini oʻqib qoldim. U oʻz maqolasida “Agarda Shavkat Mirziyoyening agarda islohotlari biz mustaqillikka erishgan paytimizda boʻlganida, biz bugun boshqacha jamiyatda yashayotgan boʻlardik. Biz mustaqillikdan keyin berilgan imkoniyatlarni boy bergan avlodmiz”, deb yozgan. Haqiqatdan ham imkoniyatlarni boy bergan xalqmiz. Chunki biz avtokratimizga ertadan kechgacha sigʻindik.


Bu ham qiziq

Tailandda bedarak yo‘qolgan rossiyalik opa-uka o‘ldirilgani aniqlandi

Tailandda bedarak yo‘qolgan rossiyalik opa-uka o‘ldirilgani aniqlandi

Tailandda bedarak yo‘qolgan 22 yoshli Diana Nazimova va uning 17 yoshli ukasi Roman o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Mamlakat Bos…
10:13 / 03.08.2026
Yunusoboddagi 271-maktab hududida o‘rganish o‘tkazildi: yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi

Yunusoboddagi 271-maktab hududida o‘rganish o‘tkazildi: yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi

Joriy yilning 31-iyul kuni Yunusobod tumanida bolalar maydonchalari va sport o‘yingohlari hududlaridagi qurilish holatlari o…
17:48 / 01.08.2026
Avstraliyada 150 yil avval olingan kitob kutubxonaga qaytarildi

Avstraliyada 150 yil avval olingan kitob kutubxonaga qaytarildi

Avstraliyada taxminan 150 yil avval o‘qish uchun olingan kitob kutubxonaga qaytarildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
15:32 / 02.08.2026
Yaponiyadan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi

Yaponiyadan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi

Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi…
10:14 / 02.08.2026
Ronaldu va Jorjinaning to‘yi 8 avgust kuni Madeyrada o‘tkazilishi mumkin

Ronaldu va Jorjinaning to‘yi 8 avgust kuni Madeyrada o‘tkazilishi mumkin

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodrigesning to‘y marosimi joriy yilning 8 avgus…
15:42 / 03.08.2026
Wildberries omborlariga dron hujumlari o‘zbekistonlik sotuvchilarga ham zarar yetkazayotgani aytilmoqda

Wildberries omborlariga dron hujumlari o‘zbekistonlik sotuvchilarga ham zarar yetkazayotgani aytilmoqda

Rossiyaning Wildberries kompaniyasi asoschisi Tatyana Kim Yekaterinburgdagi logistika markaziga Ukraina tomonidan 200 dan or…
09:37 / 03.08.2026
Dunyoning eng mashhur alpinisti halok bo‘ldi.

Dunyoning eng mashhur alpinisti halok bo‘ldi.

Nirmal Purja va yana to‘qqiz alpinisti Pokistondagi cho‘qqiga ko‘tarilish chog‘ida qor ko‘chkisi ostida qolib ketishgan.
15:46 / 02.08.2026
Toshkentda kotlovan o‘pirilgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda kotlovan o‘pirilgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Olmazor tumanida 9 qavatli uy yonida mehmonxona qurish uchun qazilgan kotlovan cheti o‘pirilgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘…
17:34 / 03.08.2026
Ikki hududda ming tonnadan ortiq asfalt mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ikki hududda ming tonnadan ortiq asfalt mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ikki hududdagi obodonlashtirish boshqarmalarida asfalt bilan bog‘liq yirik talon-toroj holatlari fosh etildi.
10:11 / 02.08.2026
Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!