Bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ko‘pchilik hokimlar turizm qanday katta yo‘nalish ekanini tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Mavsum boshlanganiga bir oydan oshgani bilan kapsulali uylardan iborat maskan faqat Kitobda ochilgani qayd etilib, qolgan 35 ta tuman va shahar hokimi “mudrab” o‘tirgani tanqid qilindi.
Shuningdek, kapsulali uylarni qurish va jihozlashga Turizm jamg‘armasidan 10 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi.
Sayyohlar Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan o‘tgan magistral va ichki yo‘llar ahvolidan noroziligi qayd etildi.
Mutasaddilarga “turizm halqasi”ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha hisob-kitob qilib, ishlarni boshlash topshirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!