$
12190.43 UZS
49.05
162.09 UZS
1.83
14362.76 UZS
49.29
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini borib ko‘rdi

22:34 / 24.10.2023

Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiali barpo etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu muassasani borib ko‘rdi.

Joriy yil 8-sentyabrda davlatimiz rahbarining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika Ona va bola skrining markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirilmoqda. Shuningdek, qarorda mazkur markazning 14 ta hududiy filiallari tashkil etilishi belgilangan.

Qashqadaryodagi ushbu muassasa hamma talablarga javob beradigan dastlabki shunday markazlardan biri.

Qariyb to‘rt gektarlik hududda to‘rt qavatli zamonaviy binolar barpo etilgan. Barcha bo‘limlar eng so‘nggi rusumdagi ilg‘or texnika va uskunalar bilan jihozlangan. Yurtimizda viloyatlar miqyosida hali bunday ulkan va zamonaviy tibbiyot markazi yo‘q, deyish mumkin.

Bu yerda 200 o‘rinli viloyat perinatal markazi, 200 o‘rinli shahar tug‘ruqxonasi, 50 qatnovli skrining markazi va 50 qatnovli reproduktiv markaz yagona majmuada jamlandi. Tug‘ish yoshidagi hamda homilador ayollarga tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrlarda bitta markazda ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoni yaratildi. Markaz ishga tushgach, bu yerda bir yarim ming nafar tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

Davlatimiz rahbari bu yerdagi sharoit va qulayliklar bilan tanishdi. Germaniya, Belarus va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida shifokorlarning malakasini oshirish, markazda profilaktika va davolashning ilg‘or uslublarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Kelgusida markazda yiliga 8 ming nafardan ziyod patologik tug‘ruqlarni qabul qilish imkoni yaratiladi. Bu ko‘plab onalar hayotini saqlishda muhim.

Markazda, shuningdek, kaminvaziv va laparoskopik amaliyot turlari 42 taga yetkaziladi. Tubektomiya, kistoektomiya, miomoektomiya va ventrofiksatsiya amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladi. O‘smir qizlar, ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom onalikka tayyorlashdan boshlab, homiladorlikda antenatal parvarish, skrining, tug‘ruq hamda keyingi ona va bola parvarishi jarayonlari bir joyning o‘zida tashkil etiladi.

Markaz 860 dan ortiq mahalla doyalari bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Yagona elektron baza orqali viloyatning barcha hududlaridagi homiladorlar va tug‘ish yoshidagi ayollar qamrab olinadi. O‘n yettita markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika tarkibidagi ayollar maslahatxonasi va o‘n sakkizta tug‘ruq majmuasi bilan aloqa o‘rnatiladi.

Bu orqali markaz xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi, ularni davolaydi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yo‘naltiradi. Nikohlanuvchilar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda chaqaloqlarni molekulyar tibbiy-genetik tekshiruvlardan o‘tkazadi. Irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi.


Bu ham qiziq

Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Ukrainaning Zaporojye shahrida 15-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan hujum oqibatida kamida bir nafar fuqaro halok bo‘ldi, bir…
11:27 / 15.04.2026
Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq o‘rinbosarlari — Timur Shabdanbekov va Daniyel Risaliyev hibsga …
12:21 / 15.04.2026
“World Content Market”da ilk bor O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi

“World Content Market”da ilk bor O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi

Media va raqamli kontent sohasidagi nufuzli xalqaro tadbir – “World Content Market” o‘z ishini boshladi.
17:49 / 14.04.2026
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginnesn…
16:34 / 13.04.2026
O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan

O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan

Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i …
17:30 / 14.04.2026
16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:00 / 15.04.2026
Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sirdaryo viloyatida sud tizimi va bank sohasi vakillari ishtirok etgan korrupsion holat fosh etildi. Tezkor tadbir davomida …
11:43 / 15.04.2026
Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

11-mart kuni Toshkentda 3 nafar yigit haydovchilik guvohnomasiz, davlat raqami yechilgan hamda miltillovchi chiroqlar o‘rnat…
12:43 / 15.04.2026
Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda urush zonasida tobora ko‘proq Yevropada ishlab chiqarilgan dronlardan…
09:52 / 14.04.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

"Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun san’atsevar xalqimizni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni…
09:15 / 15.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!